UKRAINA PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko o‘rtasida Ukraina tomonining tashabbusi bilan 2016-yil 13-dekabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ukraina Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi.
Prezidentlar turli sohalarda O‘zbekiston bilan Ukraina munosabatlarining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni, avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarni kengaytirish yo‘lida birgalikda harakat qilishga, bunda ikki davlatning mavjud imkoniyatlarini to‘la ishga solishga kelishib oldilar.
Pyotr Poroshenko Shavkat Mirziyoyevni o‘ziga qulay vaqtda Ukrainaga tashrif bilan kelishni taklif etdi.
O’zA