UKRAINA TELEVIDENIYESIDA O’ZBEKISTON HAQIDA KO’RSATUV NAMOYISH ETILDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Ukrainaning “ICTV” telekanali mamlakatimizning ulkan sayyohlik salohiyati, boy tarixi va madaniyati, shuningdek, Samarqand. Buxoro va Xiva singari qadimiy shaharlari haqida besh ko’rsatuvdan iborat dasturlar guldastasini tomoshabinlar e’tiboriga havola etdi.
Dunyodagi noyob o’zini o’zi boshqarish instituti hisoblangan “Mahalla” haqida alohida ko’rsatuv namoyish etildi. Hech bir davlatda o’xshashi bo’lmagan mazkur tizim milliy an’analar, qadriyatlar va o’zbek xalqining samimiyligi, mehmondo’stligi, oliyjanobligi, mehr-muruvvati, ahilligi hamda bunyodkorligini o’zida aks ettirilgan holda tashkil qilingan
Telekanal muxlislari mamlakatimizdagi milliy kulolchilik sir-asrorlarini o’zida mujassam etgan ko’p asrlik sopol buyumlari yasash san’ati, milliy bezaklar tayyorlash va boshqa ko’plab hunarmandchilik an’nalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’ldilar.
Bundan tashqari, ko’rsatuvdan xorijlik mehmonlarning mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati, o’zbek xalqining milliy an’analari va urf-odatlari haqidagi fikr-mulohazalari ham o’rin olgan. Shuningdek, mualliflar yurtimizdagi mahalliy aholining o’ziga xos jihatlariga ham alohida to’xtalib o’tishgan.
Teledasturlar namoyishi chog’ida “ICTV” vakillari O’zbekistonda bebaho tarixiy-madaniy yodgorliklarni asrab-avaylashga qaratilgan samarali chora-tadbirlardan hayratda ekanliklarini bildirdirish bilan birgalikda yurtimiz sayyohlik salohiyatini yuksak baholadilar.
“Jahon” AA