UMRINI TABOBATGA BAXSHIDA ETGAN BUYUK OLIM
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ismoil al-Jurjoniy ulug‘ olim va zamonasining eng mashhur tabiblaridan biri hisoblanar edi. U o’z davrida xalq orasida “ikkinchi buqrot,” ya’ni gippokrat unvonini olgan.
Ismoil Jurjoniy 1042-yilda Jurjon shahrida tug‘ilgan bo‘lsa ham, umrining ko‘p qismini Xorazmda o‘tkazganligidan Zayniddin Abul Fazoyil Ismoil ibn Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy deb ulug‘lanar edi.
Jurjoniy Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad ibn Anushtagin (1097-1127) va uning o‘g‘li Alouddavla Otsiz (1127-1156) saroyida xizmat qildi.
Hukmdor Xorazmshoh Otsiz ibn Muhammad uni bir necha muddatga Xorazmga taklif etgan edi. Xorazmda bo‘lgan vaqtida u "Al-Xuffayi al-a’loiy" ("Poyalarning yuqori qismi"), "At-Tibb al-mulukiy", "Kitob az-zahiraye Xorazmshohiy", "Kitob al-ahrod" ("Hasad tufayli kelib chiqadigan kasalliklar"), "Kitob yodgor" ("Esdalik kitobi"), "Kitob fi rad alal falosafa" ("Faylasuflarga qarshi raddiya kitobi"), qozi Abu Said Shori’iyga bag‘ishlab "Kitob tadbir yaum va laylat" ("Kecha bilan kunduzning almashinishi haqida kitob"), "Kitob vasiyatnoma" va boshqa tabobat hamda falsafaga doir asarlar yozdi.
XII asrning mashhur tarixchisi Zahiriddin Abul Hasan Bayhaqiy o‘zining "Tatima sifon al-hikma" ("Donolik xazinasiga qo‘shimcha") asarida Ismoil Jurjoniy haqida shunday yozadi: "Men u kishini 531-hijriy (1136-milodiy) yilda Saraxsda keksalik chog‘larida ko‘rgan edim.
Uning yozgan asarlari sevib o‘qilganidan tez orada jahonga mashhur bo‘ldi. Muhtaram kishilardan eshitishimcha, u kishi ochiq chehrali, xushmuomala, tabiatan saxovatli shaxs ekanlar".
Tabobat ilmidan tashqari boshqa ilm sohalarida ham mashhur bo‘lganligidan unga oyiga ming dinordan maosh tayin qilingan edi. Ismoil Jurjoniy o‘zining tabobatga bag‘ishlangan eng yirik asari "Zadiraye Xorazmshohiy"ni 1110-yilda yozib tugatdi va uni Xorazmshoh Qutbiddinga bag‘ishladi. Otsizning buyrug‘iga ko‘ra, bu asarning qisqartirilgan nusxasini 1113 yilda "Al-Xuffayi al-A’loiy" nomi bilan yozib tugatdi. Asar hammaga tushunarli fors tilida yozilgan bo‘lib, harbiy yurishlar va sayohatlarda ham har kim etigi qo‘njiga solib yurishiga (etigxuff) qulaylik yaratish maqsadida shunday qilindi.
Sulton Sanjar unga katta iltifot va izzat-ikrom ko‘rsatganligi sababli Jurjoniy umrining oxirigacha shu yerda yashadi. Bu yerda hadis ilmida Abul Qosim Qo‘shayriy bilan muloqotda bo‘ldi, Tabobat sohasida esa mashhur tabib ibn Abi Sodiq bilan hamkorlik qildi. Bundan tashqari, Iroq, Fors va Xuziston tabiblari bilan, Ibn Sinoning ba’zi shogirdlari bilan hamsuhbat bo‘ldi. Umrining oxirigacha Marv madrasalarida bir necha fanlardan dars berdi. Yokut Hamaviyning "Mujam ul-buldon" asarida keltirilishicha, Ismoil Jurjoniy Marvda hijriy 531 (1136) yilda vafot etdi.
Ismoil Jurjoniyning ilmiy merosidan foydalanish keyingi asrlarda ham samarali davom etdi. Jurjoniy o‘z davrida qadimgi yunon tabobati vakillari Galen, Gippokrat, shuningdek, o‘zidan oddin o‘tgan Abu Bakr Roziy va ayniqsa, ibn Sino asarlarini chuqur o‘rgangan.
“Jahon” AA