UMS VA HUAWEI NING QO’SHMA AKSIYASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yilning 4 martidan 30 iyuniga qadar Huawei smartfoni yoki planshetini sotib olgan har bir xaridorga UMS aloqa operatori tomonidan 3 oy muddatga bepul asosda «Huawei 2000 Mb» va «Huawei 4000 Mb» bonusi taqdim etiladi. Ta’kidlash lozimki, tovarni xarid qilishda olingan sertifikat 2017 yilning 30 sentyabriga qadar shu sanani ham qo’shgan holda amal qiladi.
«Huawei 2000 Mb» va «Huawei 4000 Mb» internet-paketlari mos ravishda 2000 va 4000 MB ga ega bo’lib, abonentga berilganidan keyin avtomatik ravishda keyingi oyga uzaytiriladi. Birinchisining bahosi 18 AQSH dollari, ikkinchisiniki esa 36 AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, o’tkazilayotgan aksiya doirasida ularga 100 foizga hajmda chegirma tatbiq etiladi.
Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun butun respublika bo’ylab ishlayotgan rasmiy promo- punktlarida Huawei rusumli smartfon yoki planshetni sotib olish, o’sha yerdayoq uni ro’yxatga qo’yish va UMS mobil operatorining maxsus bonusi uchun sertifikatni olish lozim bo’ladi. Shundan so’ng xaridor UMS ofislaridan birida shaxsiy pasportining asl nusxasi, olgan serifikati hamda xarid qilgan tovarining qutisi va kafolat talonini taqdim etadi. Agar aksiya ishtirokchisi bunga qadar mobil operatori abonenti bo’lsa, bu haqida UMS operatorini xabardor qilishi kerak, aks holda boshlang’ich tarif rejasi bahosini o’z ichiga olgan ulanish amalga oshiriladi. Shundan so’ng abonent raqamiga UMS ning maxsus bonusi – 3 oy davomida har oy bepul taqdim etiladigan «Huawei 2000 Mb» yoki «Huawei 4000 Mb» internet-paketi beriladi! Jismoniy shaxs aksiyada qatnashayotgan tovarlar modellari ro’yxatidan bir donadan ko’p Huawei gadjetidan sotib olgan taqdirda «Huawei 2000 Mb» yoki «Huawei 4000 Mb» bonus xizmatini UMS ning xuddi o’sha raqamga yoqtirish amalga oshirilmaydi. Bu holatda bonusni olish uchun jismoniy shaxs qo’shimcha abonent raqamini yoqtirish mumkin va unga «Huawei 2000 Mb» yoki «Huawei 4000 Mb» bonus xizmati beriladi. Ta’kidlash lozimki, agar abonent «MEDIAPARK bilan aksiya» yoki "Bonusli smartfon" aksiyalari ishtirokchisi bo’lsa, u holda unga bonuslarni taqdim etish imkoniyati bo’lmaydi. UMS tarmog’iga ulanishda Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi yangi abonentlar bonuslar 777, «Maxi New», «Ultra», «Perfect», «Maxi Year», «Ultra Year» tariflariga berilishi, boshqa mintaqalarning abonentlari esa, yuqoridagi tariflardan tashqari, «Optima 333», «555» tariflarini yoqtirganda ham berilishini hisobga olishlari kerak.
Bundan tashqari, tarif rejalarining yuqoridagilardan biriga o’zgartirilganida «Huawei 2000 Mb» va «Huawei 4000 Mb» bonus xizmatlari saqlanib qoladi.
Ta’kidlash lozimki, bonus «Start», «Terminal», «Besh», «Baraka» va «Mini» tarif rejalari egalariga berilmaydi. Shuningdek, aksiyada qatnashayotgan tarif rejasidan yuqoridagilarga o’tishda «Huawei 2000 Mb» va «Huawei 4000 Mb» bonus xizmati hamda aksiya bo’yicha bonusli Mb lar hajmi bekor qilinadi.
Bonusli trafikka keladigan bo’lsak, u raqamning blok qilingani yoki ishlab turganidan qat’i nazar beriladi. Biroq undan faqat ijobiy balansda foydalanish mumkin bo’ladi. Bitta abonent raqamida bonuslardan faqat bittasi ishlashi mumkin. Ikkita bonusning bitta abonent raqamiga berishning imkoniyati yo’q. Shunisi ham qiziqki, joriy oyda sarflanmay qolgan trafik keyingi oyga ham o’tadi. Bonus berilgan paytdan boshlab uch oy o’tgach xizmat avtomatik ravishda o’chiriladi, qolib ketgan Mb lardan foydalanishning ham imkoniyati bo’lmaydi, chunki ular ham o’chiriladi. Aksiya bo’yicha yanayam batafsil ma’lumot bilan UMS uyali aloqa operatorining http://ums.uz/ru/tariff/13062 saytida tanishish mumkin.
Ta’kidlashimiz lozimki, trafikning holati va qoldig’ini tekshirish uchun *102*0# kodi orqali so’rov yoki 616165 raqamiga 1 soni bilan SMS xabarini jo’natish lozim.
UzReport