USAID Oʻzbekistonda silga qarshi yangi loyihani boshladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

3-avgust kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va nodavlat notijorat tashkilot sanalgan “Intilish” respublika axborot-taʼlim markazi Oʻzbekistonda silga qarshi kurash boʻyicha bir million AQSH dollarlik yangi loyihani ishga tushirdi.
AQSH elchixonasi matbuot xizmatining OʻzAga xabar berishicha, USAID ushbu yangi faoliyatning bir qismi sifatida “Intilish”ning silga qarshi faoliyati, ayniqsa, xastalikning davolash qiyin boʻlgan shakli bilan kurashishdagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
“Oʻzbekistonda sil kasalligini toʻxtatish” – bu uch yillik loyiha boʻlib, yuzlab bolalar va ularning ota-onalari, shuningdek, aholining zaif qatlamlariga mansub boshqa bemorlarga moʻljallangan. “Intilish” respublika axborot-taʼlim markazi Toshkent shahridagi silga qarshi ikkita statsionar davolash muassasasidagi bolalar va ularning ota-onalariga yakka tartibda hamda guruhli maslahatlar berish, skrining tekshiruvi, tashxis qoʻyish va ijtimoiy yordamga yoʻnaltirish orqali psixologik yordam koʻrsatadi.
Ushbu yangi dastur doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, shuningdek, OIV/OITSga qarshi kurashish boʻyicha tayanch markazi, mahallalar va tuman hokimliklari qoshidagi ijtimoiy moslashuv markazlari “Intilish”ning asosiy hamkorlaridir. Ular sobiq mahbuslar, mehnat muhojirlari va giyohvand moddalarni qabul qiluvchilar orasida sil kasalligini aniqlash va davolash boʻyicha keng qamrovli xizmatlar bilan taʼminlaydi.
Oʻtgan oʻn yil mobaynida Oʻzbekiston sil, jumladan, uning koʻp dorilarga chidamli shakllari bilan kasallangan bemorlarga tashxis qoʻyish va ularni davolashda sezilarli yutuqlarga erishdi. Jumladan, 2019-2025-yillarga moʻljallangan sogʻliqni saqlashni yaxshilash milliy strategiyasi konsepsiyasi silga chalinish holatlarini kamaytirishga qaratilgan. Oʻzbekiston 2050-yilga kelib sil kasalligini batamom tugatishni maqsad qilgan, USAID esa bu yoʻlda Oʻzbekiston hamkori hisoblanadi.
USAID mamlakatimiz bilan iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdo hajmini oshirish, aholi salomatligiga jiddiy tahdidlar, jumladan, COVID-19ni bartaraf etish va hukumatning aholi ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini kengaytirishda hamkorlik qilmoqda.
O’zA