“Uzbekistan Airways” “Pulkovo” da peshqadam
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yil yanvar-fevral oylari yakunlari bo’yicha “Uzbekistan Airways” xorijiy aviakompaniyalar orasida Sankt-Peterburgning “Pulkovo” aeroportiga yo’lovchi tashish bo’yicha birinchi o’ringa chiqdi, deya xabar beradi Uzbekistan today axborot agentligi.
Shu tariqa, O’zbekistonning Milliy aviakompaniyasi ko’p vaqtdan beri xorijiy yo’lovchi tashuvchilar ro’yxatida peshqadamlik qilib kelayotgan “Lufthansa” kompaniyasini ortda qoldirdi.
“Pulkovo” aeroporti tarqatgan press- relizida xabar qilinishicha, xorijiy kompaniyalar orasida “Uzbekistan Airways”dan tashqari “Lufthansa”, “Emirates”, “Belavia” hamda “Ukraina xalqaro avialiniyalari” ham peshqadamlar safidan joy olishdi.
“Jahon” AA