Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“UZSALAMAN”NING XARIDORGIR MAHSULOTLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“UZSALAMAN”NING XARIDORGIR MAHSULOTLARI

Prezidentimiz rahnamoligida muvaffaqiyatli biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit, zarur sharoit va imtiyozlar xorijiy ishbilarmonlarning O’zbekistonga qiziqishini tobora kuchaytirmoqda. Mamlakatimizning chekka hududlarida ham xorijlik hamkorlar bilan birgalikda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. O’tgan yili Farg’ona viloyatida 54,5 million dollarlik to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilgani buning yorqin dalilidir.

Viloyatda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 150 dan ortiq korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Prezidentimizning 2012 yil 10 apreldagi “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni bu yo’nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim dasturilamal bo’lmoqda.

Farg’ona shahridagi “Uzsalaman” O’zbekiston - Germaniya - Buyuk Britaniya qo’shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan poyabzallar allaqachon bozorda o’z munosib o’rniga ega. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan qo’shma korxonada 20 dan ortiq turdagi xaridorgir poyabzal tayyorlanmoqda, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.

— O’tgan yili 137 ming 700 juft poyabzal ishlab chiqarildi, - deydi qo’shma korxona bosh direktori Ravshanbek Abdullayev. - Ichki bozordagi talab va takliflar asosida mahsulotning yangi turlarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Poyabzalning bichimi, uslubi va dizayni yosh ishchi-xodimlarimiz tomonidan tayyorlanadi. O’tgan yildan boshlab Farg’ona shahridagi ikki kollejda qo’shma korxonamiz uchun mutaxassislar tayyorlash maqsadida yangi yo’nalishlar tashkil etildi. Korxonamizda mehnat qilayotgan 200 dan ziyod ishchi-mutaxassisning samarali ishlashi uchun barcha zarur sharoit yaratilgan.

Qo’shma korxona mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda o’tkaziladigan nufuzli ko’rgazmalarda faol qatnashib, import o’rnini bosuvchi, sifatli poyabzal mahsulotlari bilan sanoatimizning yuksak salohiyatini namoyish etib kelmoqda. Yaqinda Moskva shahrida bo’lib o’tgan xalqaro ko’rgazmada ham “Uzsalaman” brendi bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

O’zA