Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

UZUMCHILIK ISTIQBOLLARIGA BAG‘ISHLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
UZUMCHILIK ISTIQBOLLARIGA BAG‘ISHLANDI

Milliy matbuot markazida “O‘zvinosanoatxolding” kompaniyasi tomonidan uzumchilikni rivojlantirish, qayta ishlash korxonalarining xomashyo bazasini mustahkamlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mamlakatimizda tokzorlar hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilayotgan doimiy e’tibor mamlakatimiz bozorlari to‘kinligi va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 13-martdagi "2013-2015-yillar davrida respublikada uzumchilikni yanada rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Olimlarning ta’kidlashicha, uzumni muntazam iste’mol qilish arterial qon bosimining me’yorida bo‘lishi va yurak faoliyatining yaxshilanishiga yordam beradi. Ushbu ne’mat tarkibida flavonoid moddasi mavjud bo‘lib, mazkur modda inson organizmidagi tuz miqdorini kamaytiradi.

Yurtimizda uzumning qirqdan ortiq navi mavjud. “O‘zvinosanoatxolding” kompaniyasi tizimidagi uzumni qayta ishlashga ixtisoslashgan bir yuz saksondan ortiq korxonada ham sanoatbop tokzorlarni ko‘paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yer unumdorligini oshirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 2013-2015-yillarda 23,5 ming gektar maydonda yangi tokzorlar tashkil etilib, 17,4 gektar eski maydonlarga qayta ekildi.

– Kelgusida dunyo bozorida tanilgan nomdor, istiqbolli sanoatbop uzum navlarini yanada ko‘paytirib noyob xomashyo bazasini yaratish maqsadida ilm dargohlari bilan keng hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, – deydi kompaniyaning qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Erkin Boyniyozov. – Ushbu hamkorlik samarasida ichki va tashqi bozorda xaridorgir mahsulot ishlab chiqarish uchun ilmiy-tadqiqot institutlari kolleksiyasidagi istiqbolli tok ko‘chatlaridan namunalar olinib, ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda.

2015-yilda qayta ishlash korxonalarida 139 ming tonnadan ziyod uzum qabul qilinib, qayta ishlandi. Uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, ularning moddiy manfaatdorligini oshirish choralari ko‘rilib, sifatli xomashyo yetkazib beruvchilar muttasil rag‘batlantirilayotgani yutuqlar omili bo‘lmoqda.

Kompaniya mahsulotlariga xorijda ham talab ortib bormoqda. Xalqaro ko‘rgazmalarda oltmishdan ziyod oltin medal olindi. Shu yilning 5-6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiyaviy forumda kompaniya tizimidagi bir qator korxonalar ispaniyalik va bolgariyalik investorlar bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi.

Tadbirda uzum navlarini yaxshilash, korxonalarni texnik va texnologik qayta jihozlash orqali sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari haqida so‘z yuritildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

O‘zA