Vakillik organlari faoliyati ochiqligi – dolzarb vazifa
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz Islom Karimov shu yil 23-yanvarda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida davlat boshqaruvi, qonun ijodkorligi sohasida ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilikni parlament palatalarining qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyatidan har tomonlama xabardor qilib borish muhim vazifa ekanligiga alohida e’tibor qaratdi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida poytaxtimizda davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda senatorlar, deputatlar, vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Z.Nizomxo‘jayev va boshqalar mustaqillik yillarida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Shu yo‘nalishdagi ishlar hamda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi yutuqlardan aholi, jamaotchilik muntazam xabardor qilib borilmoqda.
Buning uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoit yaratilgan. Ayni paytda bir ming to‘rt yuzga yaqin ommaviy axborot vositasi, jumladan, to‘rtta axborot agentligi, yetti yuzga yaqin gazeta, uch yuzga yaqin jurnal, yuzga yaqin teleradiokanal, uch yuzdan ortiq veb-sayt faoliyat yuritayotgani shu maqsadga xizmat qilmoqda.
2014-yilda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining ochiqligi hamda ularning ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga mustahkam huquqiy asos yaratdi. Chunki ushbu qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishga oid huquqlari kafolatlari kengaytirildi. Qonunning muhim jihati shundan iboratki, unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas’uliyati oshirildi hamda ular faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tarqatish tartibi belgilandi.
Davra suhbatida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni demokratlashtirish jarayonida vakillik organlari faoliyatining ochiqligini kengaytirish, bu borada fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash muhim ahamiyatga egaligiga e’tibor qaratildi. Oliy Majlis Senati, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini yanada takomillashtirish, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiq faoliyat yuritish, OAV bilan hamkorlik samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.