Vashingtonda o’zbek kinosi haftaligi bo’lib o’tdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yilning 21-25-sentabr kunlari Vashington sharida mamlakatimizning Amerika Qo’shma Shtatlaridagi elchixonasi tomonidan Jorj Vashington universiteti bilan hamkorlikda o’zbek kinosi haftaligi o’tkazildi.
Unda o’zbek kinematografiyasi oltin fondidan o’rin olgan beshta film - «Toshkent - non shahri» (rejissyor Shuhrat Abbosov), shuningdek, «O’zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan turli yillarda suratga olingan «Dilxiroj» (Yusuf Roziqov), «Parizod» (Ayub Shahobiddinov), «Osmondagi bolalar» (Zulfiqor Musoqov), «Ota» (Abduxalil Mignorov) asarlari namoyish etiladi.
Filmlar amerikalik tomoshabinlarda, xususan, akademik va jamoatchilik doiralari vakillari, san’atshunos ekspertlar va mutaxassislar, diplomatiya korpusi xodimlari va boshqa san’at ixlosmandlarida katta qiziqish uyg’otdi.
Shuningdek, taniqli o’zbek rejissyorlari Shuhrat Abbosov va Ayub Shahobiddinovlar ishtirokida yetakchi ekspert va san’atshunoslar uchun davra suhbatlari tashkil qilindi va milliy kinosanoatimizni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar cho’gida amerikalik mutaxassislar va tomoshabinlar tomonidan o’zbek kinochiligining jiddiy muvafaqqiyatlari alohida e’tirof etildi. Yurtimizda badiiy va hujjatli filmlar tayyorlashning o’ziga xos modeli yaratilganligi hamda buning natijasida jahon kinosining shoh asarlari dunyo yuzini ko’rganligi yuksak baholandi.
UzA