VATAN TARAQQIYOTI UCHUN OVOZ BERAMIZ
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-moddasidan.
Mohira Tojiboyeva 18 yoshda. 2016-yil u uchun quvonchli voqealarga boy bo‘lmoqda: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi bo‘ldi va 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ilk bor ishtirok etadi.
– Biz, yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni konstitutsiyaviy huquqimizdan foydalanib, munosib nomzodga ovoz beramiz, – deydi Mohira. – “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun bilan tanishib chiqdik. Universitetimizda saylovga tayyorgarlik ko‘rish doirasida o‘tkazilayotgan targ‘ibоt tadbirlarida, uchrashuv va davra suhbatlarida muntazam qatnashayapmiz. Saytlarga qo‘yilayotgan maqolalar va gazetalarda chiqayotgan axborotlar ham saylov haqidagi bilim va tushunchalarimizni boyitishga xizmat qilayotir.
Mohira Tojiboyeva poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani 116-saylov uchastkasida ro‘yxatga olingan. U mazkur saylov uchastkasi faoliyati bilan tanishdi.
Tumandagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 86 saylov uchastkasi qatorida ushbu saylov uchastkasida ham bu muhim siyosiy jarayonni yuksak saviyada tashkil etish uchun puxta taraddud ko‘rilmoqda. Bu yerda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu tadbirni oshkora, demokratik tamoyillar asosida o‘tkazish va saylovchilarning o‘z xohish-irodasini emin-erkin ifoda etishi uchun zarur qulayliklar yaratilgan. Saylov uchastkasi zamonaviy komputer, aloqa vositalari va zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Bu yerda saylovga oid qonunlar, hujjatlar, huquqiy adabiyotlar va qo‘llanmalar bor. Tibbiyot, ona va bola xonalari talab darajasida jihozlangan. Ovoz berish kabinalari, qutilar shay holatga keltirilgan.
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida uchastka hududida yashovchi 1 ming 655 saylovchi o‘z xohish-irodasini emin-erkin ifoda etadi, – deydi 116-uchastka saylov komissiyasi raisi U.Toshkenboyev. – Ularning 25 nafari saylovda ilk marta ovoz beradi. Ushbu muhim siyosiy voqeaga hozirlik ko‘rish jarayonida saylovchilar, ayniqsa, birinchi marta ishtirok etayotgan yoshlarning saylovga doir bilimini boyitishga qaratilgan turli seminar, davra suhbati va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Ayni chog‘da saylov uchastkasiga keluvchi mehmonlar, kuzatuvchilar va muddatidan oldin ovoz beruvchilarga qonunda belgilangan tartibda sharoitlar yaratilgan. Saylovchilarga taklifnomalar tarqatilmoqda. Bu yerda aholining barcha qatlami qatorida jismoniy imkoniyati cheklanganlar uchun ham alohida qulayliklar – maxsus kabinalar va yo‘lakchalar mavjud.
Uchastkada ko‘zi ojiz fuqarolar uchun birinchi marta brayl yozuvidagi byulletenlarda ovoz berish tashkil etilayotir. Shu bilan birga, hududda ro‘yxatga olingan yoshi ulug‘ insonlar, nogironlar va jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga uy sharoitida ovoz berish imkoniyati yaratilgan. Bu kabi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi fuqarolarning saylov jarayonida faol va teng ishtirok etishini ta’minlaydi.
O’zA