Vatanparvarlik Yurt taraqqiyotiga xizmat qilishdir
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Vatanparvarlik Yurt taraqqiyoti uchun xizmat qilishdir” loyihasi asosida taniqli huquqshunos olimlar, amaliyotchilar va ekspertlardan iborat Respublika targ’ibot guruhi tashkil etildi.
Mazkur loyiha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’ylab jamiyatda aholining ijtimoiy faolligi, huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlar mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish bo’yicha ma’rifiy uchrashuvlar o’tkazish maqsadlarini ko’zlaydi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Shunday tadbirlardan biri Xorazm viloyatida tashkil etildi. Unda hududdagi maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari, davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va sud idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, korxona, muassasa hamda tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy, shuningdek, huquqiy targ’ibot va ma’rifat sohasiga mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Anjumanda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, aholini ijtimoiy himoyalash, qulay mehnat sharoitlari yaratish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, barcha millat va elat vakillarining hamjihatlikda hayot kechirishi, milliy qadriyatlari va madaniy merosini asrab-avaylashi uchun zarur shart-sharoit yaratishga doir mustahkam huquqiy asoslar yaratilgan.
Tadbir qatnashchilarining e’tibori ijtimoiy sohadagi islohotlarga qaratildi. Mamlakatimizda yaratilgan o’n ikki yillik uzluksiz ta’lim tizimi yoshlarimizga jahon andozalari darajasida bilim olish imkoniyatini berayotgani qayd etildi. Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash, milliy qadriyatlar bardavomligini ta’minlash, navqiron avlodni xalqimizning asriy an’analari va umuminsoniy qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalash ham hukumatimizning diqqat markazidagi masalalar hisoblanadi.
Shuningdek, muloqotda “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yaqinda bo’lib o’tgan Prezident saylovi hamda uning demokratik tamoyillar asosida ochiq-oshkora o’tkazilgani nafaqat xalqimiz, balki jahon jamoatchiligi tomonidan ham e’tirof etilgani xususida aniq misollar keltirildi, o’zaro fikr almashildi. Tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Loyiha doirasida targ’ibot guruhi a’zolari ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlarining ma’naviyat, huquqiy ma’rifat bo’yicha mutaxassislari uchun “mahorat darslari”ni o’tkazdilar.
“Jahon” AA