VATIKAN ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vatikanning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Chelestino Miloreni (qarorgohi Moskva shahrida) qabul qildi.
Vazir ishonch yorliqlarini qabul qildi va Elchini mamlakatimizda o‘z diplomatik missisiyasini boshlagani bilan tabrikladi.
Qisqa marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning, jumladan dinlararo muloqot doirasidagi aloqalarning holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
2017-yil 7-fevralda O‘zbekiston Prezidenti 2017-2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqladi. Mazkur konseptual hujjat davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, sud-huquq tizimi va ijtimoiy tarmoqni isloh qilish, shuningdek, havfsizlikni, xususan millatlararo birdamlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari va tashqi siyosatni nazarda tutadi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinchlik va birdamlikda yashamoqda, 138 ta milliy madaniyat markazlari, 34 ta do‘stlik jamiyatlari, 16 ta diniy konfessiyaning 2 mingdan ortiq diniy tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan so‘ng 25 yil mobaynida turli millatlar va din vakillari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan sherkilikning ijobiy tashribasi ortirildi. Mazkur sheriklik.
Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.