Vazirlarning issiqko‘ldagi uchrashuvi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Cho‘lpon ota shahrida (Qirg‘iziston) Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbir chog‘ida mintaqa kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek Markaziy Osiyoda ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha sermazmun va batafsil fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra Qo‘shma bayonot qabul qilindi.
Hujjatda 2019-yil mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahatlashuv uchrashuvining muhimligi alohida ta’kidlangan. Bundan tashqari xavfsizlikni ta’minlash, mintaqa davlatlarining savdo-iqtisodiy aloqalarini faollashtirish, Markaziy Osiyoning tranzit-transport salohiyatlarini kengaytirish sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning zarurligi qayd etilgan.
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov tadbir qatnashchilarini joriy yilning oktabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlarining Mintaqaviy iqtisodiy forumi ishida ishtirok etishga taklif etdi.
Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining mazkur uchrashuvi mintaqadagi barcha mamlakatlarning do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, hamjihatlik va ishonch an’analariga asoslangan mintaqaviy hamkorligini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish borasidagi say-harakatlarining mantiqiy va tabiiy davomi bo‘ldi.