Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Vebster universiteti 2018-2019-o‘quv yillarida O‘zbekistonda o‘zining ta’lim dasturlarini amalga oshirishni boshlaydi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Vebster universiteti 2018-2019-o‘quv yillarida O‘zbekistonda o‘zining ta'lim dasturlarini amalga oshirishni boshlaydi

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil sentabr oyida Nyu-York shahriga tashrifi yakunlariga ko‘ra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Sent-Luis shahrida (Missuri shtati) Vebster universiteti rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra mazkur dasturni tadbiq etish uchun sheriklar sifatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti jalb etilgan.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida Universitet rahbariyati ikki tomonlama ta’lim sohasidago hamkorlikni ilgari siljishini yuqori baholadi va O‘zbekiston Prezidenti bilan Nyu-Yorkdagi uchrashuv chog‘ida olingan majburiyatlarga sodiqligini ma’lum qildi.

“Men Nyu-York shahridagi qabulda ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘ldim va ushbu tadbir O‘zbekiston Prezidentining mamlakatni har tomonlama rivojlantirish va o‘zgartirishga qaratilgan ulkan rejalari, shuningdek, qo‘yilgan maqsadlarga erishishdagi qat’iyati menda katta taassurot qoldirdi”, - dedi Vebster universiteti prezidenti Elizabet Strolb.

AQSh universiteti rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini isloh etish to‘g‘risidagi qarorini yuqori baholadi va mazkur hujjat qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitish va o‘zaro e’tirof etiladigan xorij diplomlarini olish imkoniyatini yaratganligini ta’kidladi.

“Biz O‘zbekistonda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan islohotlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz va ushbu jarayonda universitetimiz ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qilamiz”, - deya qayd etdi Elizabet Strobl va O‘zbekistonda filial faoliyatini boshlashi uchun kerakli barcha sharoitlar yaratilishiga qaratilgan O‘zbekiston tomonining sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Muzokaralar yakunida Vebster universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolandi. Ushbu bitim O‘zbekistonda Vebster filiali ta’sis etishning asosiy tamoyillari va shartlari, jumladan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan birgalikda 2018-yil sentabr oyidan e’tiboran TESL dasturini boshlashni nazarda tutadi.

Kelishuvlarga binoan 2018-2019-o‘quv yilidan boshlab 100 ga yaqin talaba ingliz tilida ta’lim berish sohasida amaliy va kasbiy bilim olishi mumkin. Malakali ingliz tili o‘qituvchilariga katta talab mavjud sharoitda butun dunyoda e’tirof etiladigan ushbu diplom o‘z egasiga ko‘pgida universitet, kollej va tilga ixtisoslashgan maktablarda, shu jumladan xorijiy ta’lim muassasalarida munosib mavqe’ga ega bo‘lish imkonini yaratadi.

“Bugungi voqealik O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ta’lim muassasalari hamkorligini kengaytirishda navbatdagi qadam bo‘ldi. Bu esa ikki turli ta’lim tizimini uyg‘unlashtirish hamda madaniy muloqotni mustahkamlash imkoniyatini yaratadi”, - deya qayd etdi Vebster universiteti vitse-prezidenti Julian Shuster. Uning fikriga ko‘ra TESL dasturini mufavvaqiyatli amalga oshirilishi va kompyuter texnologiyalari va biznes boshqaruvi sohasidagi dasturlar bo‘yicha onlayn o‘qitishni sinab ko‘rish Vebster universitetining O‘zbekiston ta’lim bozoriga to‘la qonli kirishini ta’minlash imkonini beradi.

Vebster universiteti O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochgan birinchi AQSh oliy ta’lim muassasiga aylanadi.

UzA