“VELOSIPEDLI JAMBORI” O’ZBEKISTONDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaponiyaga yo’l olgan Polshalik velosipedchi sayyohlar O’zbekistonga keldilar. Yo’l davomida ular Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududidan o’tdilar.
Polsha Respublikasi elchixonasi konsullik bo’limi rahbari Vlademar Kovalski “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida O’zbekistonga skaut, boy-skaut va sayyohlardan iborat “Velosipedli Jambori” loyihasining 8 ishtirokchisi tashrif buyurgan. Uning so’zlariga ko’ra, velosipedchilar bu yili yozda butunjahon skautlar yig’ini bo’lib o’tadigan Yaponiya tomon yo’l olishmoqda. O’z navbatida diplomat O’zbekiston hududida sayyohlarga ko’rsatilgan ko’mak uchun minnatdorchilik bildirib o’tdi.
Eslatib o’tamiz velosipedchilar mamlakatimiz haqidagi taassurotlarini o’zlarining rasmiy veb-sayti www.rowerowejamboree.pl sahifalarida o’rtoqlashdilar. Unda yurtimiz betakror tarixiy obidalari hamda samimiy va mehmondo’st o’zbek xalqidan bahramand bo’lganliklari haqida aytib o’tilgan.
“Jahon” AA