VENGRIYA TASHQI ISHLAR VA SAVDO VAZIRI O‘RINBOSARI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga tashrif buyurgan Vengriya ishbilarmon doiralari delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar va savdo vaziri o‘rinbosari Laslo Saboni qabul qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Vengriya kun tartibining dolzarb masalalari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘zaro aloqalarni, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Avvalroq O‘zbekiston tomoni Vengriya Hukumatining Toshkent shahrida diplomatik vakolatxona ochish to‘g‘risidagi rejasini qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuvda bo‘lajak vazirliklararo uchrashuvlarning amaliy masalalari ham ko‘rib chiqildi.
mfa.uz