“VIEWPOINT”: «O’ZBEKISTON KO’HNA TARIX VA BOY MADANIYATGA EGA MAMLAKATDIR»
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaponiyada nashr etiladigan «Viewpoint” jurnalida “O’zbekiston xalq amaliy san’ati” sarlavhali maqola bosilib chiqdi.
Unda muallif, mazkur jurnal muxbiri Susumi Fudjixashi Buyuk Ipak yo’li chorrahasida joylashgan O’zbekiston Sharq va G’arb o’rtasidagi ko’prik hisoblanishini alohida ta’kidlaydi. “Mamlakat ko’hna tarix va boy madaniyatga egadir. Qadim-qadimdan o’zbeklar yurtida hunarmandchilikning barcha turlari juda rivoj topgan edi”, deb yozadi u.
Amir Temur va Temuriylar boshqaruvi davrida dunyoning turli burchaklaridan kelgan olimlar, me’mor va mohir ustalar Samarqandda to’plangani haqida to’xtar ekan, muallif o’sha kezlari shaharda ilm-fan va madaniyat gullab-yashnaganini jurnalxonlarga ma’lum qilgan.
“Xalq amaliy san’ati ham rivojlandi. Samarqandlik ustalar tomonidan tayyorlangan ipak buyumlar bu shaharni butun dunyoga mashhur qildi. Mustaqillik qo’lga kiritilganidan keyin O’zbekistonda xalq hunarmandchiligining qayta tiklanishi davri boshlandi. Xalq amaliy san’ati yana tiklandi va gullab-yashnamoqda. Xalq ustalari davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. Urf-odat hamda an’analarni avaylab asrash va ommalashtirish respublikada olib borilayotgan madaniy siyosatning muhim yo’nalishi hisoblanadi”, deb yozadi jurnal.
Shuningdek, maqolada badiiy sopolchilik xalq amaliy san’atining qadimgi turlaridan biri ekanligi ham o’quvchilarning e’tiboriga havola qilingan. Muallif ta’kidlaganidek, “Rishton, G’ijduvon va Samarqand ustalari yaratgan sopol buyumlar noyob naqshlari va yorqin ranginligi bilan ajralib turadi”.
“Jahon” AA, Tokio