Vladimir Norov: Koʻp qirrali hamkorlik SHHT faoliyatida yangi imkoniyatlar ochadi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

SHHT Bosh kotibi Vladimir Norov masʼuliyatli lavozimdagi faoliyati, Tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilajak ishlar haqida OʻzA muxbiriga intervyu berdi:
Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda bildirilgan takliflar Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi sifatidagi faoliyatim uchun juda muhim. Davlatimiz rahbari men Oʻzbekistonning SHHTdek nufuzli tashkilotning masʼuliyatli lavozimiga tayinlangan birinchi vakili ekanimni alohida taʼkidladi. Bu ishonch menga Sindaodagi sammitda SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari tomonidan ham bildirildi. Kelgusida oʻz bilim va tajribamni bu ishonchni oqlashga, aʼzo davlatlar manfaatlarini himoya qilishga qarataman.
Bosh kotib sifatida SHHT anʼanalariga, tashkilot Xartiyasi va Shanxay ruhiga rioya qilish, aʼzo davlatlar oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan konseptual hujjatlarni hayotga joriy etish faoliyatimning asosiy tamoyiliga aylanadi.
2018 yildan Hindiston va Pokiston SHHTda teng huquqli aʼzo sifatida ishtirok eta boshladi. Ushbu davlatlarga qabul qilingan hujjatlar va SHHTning 30 ga yaqin ishchi organi faoliyatiga qoʻshilishga koʻmaklashish Kotibiyatning muhim vazifasi hisoblanadi. Chunki yangi aʼzolar Shanxay hamkorlik tashkilotining nufuzini yanada oshirishda katta rol oʻynaydi.
Bugungi kunda Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik oʻrnatish nafaqat SHHT makonida, balki Markaziy Osiyoda xavfsizlik va izchil taraqqiyotni taʼminlashda muhim omillardan. Shu bois Prezidentimiz “SHHT – Afgʻoniston” muloqot guruhi faoliyatini rivojlantirish, bu borada maxsus “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.
Oʻzbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan SHHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qoʻshma murojaatini roʻyobga chiqarish, xavfsizlik sohasida Toshkentda joylashgan SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi bilan muvofiqlashtirilgan tadbirlarni oʻtkazishga eʼtibor qaratamiz.
Bugungi kunda SHHT makonida ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik rivojlanmoqda, ammo koʻp tomonlama investitsiyaviy dasturlar hanuz amalga oshirilmagan. Prezidentimiz Sindao sammitida bu masalaga ham eʼtibor qaratgan edi. Ushbu taklif davlatlar rahbarlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Endilikda uni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mexanizmlarni shakllantirish va undan samarali foydalanish talab etiladi.
Uchrashuvda transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, logistika markazlari tashkil etish, savdo-iqtisodiy hamkorlikka toʻsqinlik qiladigan ortiqcha tarif va standartlarni yengillashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Oʻylaymanki, bu boradagi tashabbuslar roʻyobi SHHT faoliyatida yanada yangi imkoniyatlar ochadi.