Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

VLADIMIR TYURDENEV: 2020 YIL ROSSIYA-O‘ZBEKISTON MUNOSABATLARI YORQIN VOQEALARGA BOY BO‘LADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
VLADIMIR TYURDENEV: 2020 YIL ROSSIYA-O‘ZBEKISTON MUNOSABATLARI YORQIN VOQEALARGA BOY BO‘LADI

TOSHKENT, 30 dekabr’. /"Dunyo" AA/. Yangi yil arafasida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev mamlakatimiz aholisini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan qutlab, 2019 yil ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishda qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi

2019 yil O‘zbekiston va Rossiya vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli do‘stlar va hamkorlar ekani to‘g‘risidagi o‘zaro ishonchimizni yanada mustahkamladi va, o‘ylaymanki, bu fikrga qo‘shilasiz, - deb ta’kidladi rossiyalik diplomat. - Bunga, albatta, rahbarlarimiz Vladimir Vladimirovich Putin va Shavkat Miromonovich Mirziyoevning sa’y-harakatlari bilan erishildi. Ularning samimiy muloqotlari barcha sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun zamin yaratmoqda. Davlatlarimiz rahbarlari muntazamlik kasb etgan ikki tomonlama aloqalardan tashqari, so‘nggi uch yil davomida xalqaro tadbirlar doirasida ham o‘ndan ortiq uchrashuv o‘tkazdilar. Ayni paytda biz O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil Rossiyaga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan davlat tashrifiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.

2019 yil turli darajadagi yuzlab ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazildi.

Men avvalambor Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedevning may oyidagi tashrifiga to‘xtalmoqchiman. Ushbu tashrif ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiya faoliyatiga asos soldi. Komissiya zimmasiga savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro sa’y-harakatlarni strategik muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan. Rossiya bunday mexanizmlarni kam sonli davlatlar bilan yo‘lga qo‘ygan. Eslatib o‘taman, D.Medvedev Toshkentda noyabr’ oyida bo‘lib o‘tgan ShHT hukumat rahbarlari kengashida ham Rossiya delegasiyasiga boshchilik qildi.

Ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotganiga e’tibor qaratmoqchiman. Rossiya parlamenti palatalari rahbarlari V.Volodin va V.Matvienko O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ular Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilindi, hamkasblari - Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, Rossiya Davlat dumasi raisi uchun bu uzoq vaqtdan (2006 yildan) beri Toshkentga birinchi rasmiy tashrif bo‘ldi.

Ikki mamlakat Xavfsizlik kengashlari o‘rtasida ham muntazam muloqot olib borildi. Shu ma’noda, men Rossiya va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan baholari bir-biriga to‘g‘ri kelishiga e’tibor qaratmoqchiman.

Tashqi siyosat sohasida ham yaqin hamkorlik o‘rnatilgan. Joriy yil may oyida Rossiya tashqi ishlar vaziri S.Lavrov Toshkentga tashrif buyurdi, 25 dekabr’ kuni esa Moskvada tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida ikki tomonlama maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Rossiya va O‘zbekiston xalqaro maydonda, shu jumladan BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi faoliyat doirasida o‘xshash yoki yaqin pozisiyalarga ega.

Ta’lim sohasidagi hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda. O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft’ va gaz universiteti filiallari qatoriga “MIFI” Milliy yadro tadqiqotlari universiteti, «MISiS» Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universitet) filiallari qo‘shildi. 2020 yil Astraxan davlat texnika universiteti, Sankt-Peterburg tog‘-kon universiteti va Perm’ davlat farmasevtika akademiyasi filiallarini ochish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston tomonining N.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Moskva arxitektura instituti va A.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti filiallarini ochish bo‘yicha murojaati ham ko‘rib chiqilmoqda.

O‘tgan yili muhim ahamiyat kasb etgan Rossiya va O‘zbekiston madaniy-gumanitar aloqalariga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Menimcha, xalqlarimiz ma’naviy boyliklarining yaqinligi, o‘xshash qadriyatlar tizimi siyosatdan tortib iqtisodiyotgacha bo‘lgan barcha sohalarda muvaffaqiyatli hamkorlik qilishning kaliti bo‘lib xizmat qilmoqda. 2019 yil festivallar, konsertlar, turli tematik konferensiyalar va "davra suhbatlari" kabi 100 ga yaqin madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda Rossiya madaniyati kunlari va Tatariston Respublikasi madaniyat kunlari muvaffaqiyatli tashkil etildi. Biz Rossiya ijodiy guruhlarining O‘zbekistonga gastrollari geografiyasini faqat Toshkent bilan cheklanib qolmasdan yanada kengaytirish niyatidamiz. Ishonamanki, bunday qadam rus madaniyati va tilini mamlakatning olis hududlarida ham ommalashtirishga yordam beradi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston aholisini yaqinlashib kelayotgan 2020 yil bilan qutlayman!

Barcha orzularingiz, pok va yaxshi niyatlaringiz amalga oshsin! Har bir xonadonda shodlik va muhabbat hukm sursin! Qalbingiz uchun aziz bo‘lgan ko‘chalar, shaharlar va qishloqlar yanada go‘zal va jozibali bo‘lsin!

Ishonchim komilki, 2020 yil Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari yorqin voqealarga boy bo‘ladi va o‘zaro munosabatlar xalqlarimiz manfaati yo‘lida yanada mustahkamlanib boraveradi.

UZA