VYETNAM ELCHISI O’ZBEKISTONNI MUSTAQILLIK KUNI BILAN QUTLAYDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Vyetnamning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Fam Van Fao mamlakatimiz xalqining tobora yaqinlashib kelayotgan qutlug’ bayrami - Mustaqillik kuni munosabati bilan o’z tabriklarini yo’lladi:
— Barcha o’zbekistonliklarni ushbu muҳim sana munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Respublika xalqiga va raҳbariyatiga gullab-yashnaydigan davlat qurilishi yo’lida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilayman.
Tarixan qisqa davr mobaynida O’zbekiston ҳayotning barcha sohalarida salmoqli muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. Mamlakatingiz ushbu katta mintaqada barqarorlik ta’minlanishiga yo’naltirilgan tinchliksevar tashqi siyosatning tamoyillariga qat’iyan sodiqdir. Respublikaning bu yo’nalishdagi sa’y-harakatlari jahon hamjamiyatining yuqori bahosiga sazovor bo’ldi.
Respublikada hukm surayotgan tinchlik va xotirjamlik, o’suvchan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ta’minlanayotgani tanlab olingan o’zgarishlar modelining to’g’riligi hamda samaradorligidan dalolat beradi.
O’zbekiston muvaffaqiyatlari xorijiy mamlakatlarda keng miqyosda e’tirof etilmoqda va o’rganilmoqda. Masalan, global iqtisodiyotda murakkab vaziyat hukm surayotganiga qaramasdan, respublika makroiqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini namoyon etmoqda. Aholining farovonlik darajasi izchil ravishda o’sib borayotir.
Millatlararo hamjihatlik hukm surayotgani, etnik va dinlararo bag’rikenglik ta’minlanayotgani davlatning eng katta muvqaffaqiyatlari hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu zaminda 120 dan ziyod millat va elatlarning vakillari o’zaro tinchlik va hamjihatlikda yashashmoqda hamda mehnat qilishmoqda. Ular bu yurtni o’z Vatani deb hisoblashadi.
O’zbekistonning uzluksiz o’qitish, innovatsiyalar, nazariyaning tajriba bilan mutanosibligi asosiy tamoyili bo’lgan samarali ta’lim tizimini yaratish bo’yicha tajribasi bizda katta qiziqish uyg’otadi. Shunisi quvonarliki, o’quv jarayonida yoshlarni o’zbek xalqining ko’p asrlik an’analari, keksalarga hurmat bilan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashga muhim ahamiyat qaratilmoqda. 2015 yilning O’zbekistonda «Keksalarni e’zozlash yili», deb e’lon qilingani sharoitda bu alohida ahamiyat kasb etadi. Shuni ham qayd etish kerakki, ushbu tashabbus xalqaro jamoatchilik tomonidan ijobiy baholanmoqda.
O’zbekistonda suveren rivojlanish yillari davomida samarali sog’liqni saqlash tizimi shakllandi. Inson salomatligi muhofazasi, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholi barcha qatlamlarining zamonaviy tibbiy yordamdan bahramand bo’lishi ta’minlanishi ushbu tizimning asosiy ustuvorliklari hisoblanadi. Mamlakatda birinchi tibbiy-profilaktik ko’mak hamda shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha ixtisoslashgan markazlarni o’z ichiga olgan, eng yuqori talablarga javob beradigan tabobat muassasalarining tizimi faoliyat ko’rsatmoqda.
Respublikada atrof muhitini muhofaza etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar o’z ko’lamlari bilan kishini hayratga soladi. O’zbekiston Ekologik harakatining tuzilishi va jahon parlamentarizm tarixida birinchi marotaba parlamentda 15 deputatlik o’rnining berilishi ushbu dolzarb masalaga davlat darajasida qaratilayotgan e’tibordan yaqqol dalolatdir. Yer, suv, o’rmon, yer osti boyliklari, atmosfera, o’simlik va hayvonot dunyosi samarali nazorat qilinmoqda va himoyalanmoqda.
Madaniyat sohasidagi muvaffaqiyatlar ham kishida alohida taassurot qoldiradi. O’zbekiston vakillari nufuzli xalqaro tanlovlarning g’oliblari bo’lishmoqda, mamlakatda muntazam ravishda yirik madaniy tadbirlar o’tkazilmoqda. Misol uchun, 2014 yili Toshkent Competizione dell’ Opera Italiya operasi ijrochilarining XIV xalqaro tanlovi ishtirokchilarini qabul qildi.
Vyetnam O’zbekiston Respublikasi bilan birinchilardan bo’lib diplomatiya munosabatlarini o’rnatgan davlatlardan hisoblanadi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida mamlakatlarimiz ishga solinmagan ulkan salohiyatlarga ega. Bizlarning oldimizda ikki tomonlama tovar aylanishi hajmlarini oshirish va o’zaro sarmoyalarni ko’paytirish singari vazifalar turibdi. Birgalikda rivojlanish maqsadida biz bundan keyin ham bir-birimizni qo’llab-quvvatlaymiz.
«Jahon» AA