«Wunderkinds in Kungirad» bolalarni bag‘riga oldi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Davlatimiz rahbarining maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham zamonaviy bolalar bog‘chalari bunyod etilmoqda.
Qo‘ng‘irot tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan «Wunderkinds in Kungirad» maktabgacha ta’lim muassasasi shulardan biri.
Tumanda foydalanilmay turgan bino «nol» qiymatda olinib, «O‘zsanoatqurilishbank»ning imtiyozli krediti evaziga zamonaviy ta’mirlandi. Bolalarni qiziqtiradigan, dunyoqarashini boyitadigan o‘yinchoqlar bilan jihozlandi.
Bog‘chaga 90 dan ziyod bola qamrab olingan. Ularning yaxshi ta’lim-tarbiya olishi, to‘g‘ri ovqatlanishi, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalarga rus, ingliz tillari interfaol usullar orqali o‘rgatiladi.
Farzandlarimizni bolaligidan sog‘lom, aqlli qilib tarbiyalasak, ertaga maktabga bilimli yoshlar keladi. Maktabni o‘quvchilar har tomonlama bilimli bo‘lib bitirsa, institutlarimizga ilm-ma’rifatli, ma’naviyatli yoshlar boradi, mamlakatimiz uchun yaxshi kadrlar yetishib chiqadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim doim diqqatimiz markazida bo‘lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz mutasaddi rahbarlar va bog‘cha xodimlariga tegishli tavsiyalar berdi.