XALQ QABULXONALARI: ANIQ VA SIFATLI XIZMAT
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonining mohiyati haqida so‘z yuritildi. Bu borada O‘zLiDeP fraksiyasi oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
O‘zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi S.Turdiyev va boshqalar mazkur farmon xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat kilishi kerak» degan tamoyilni amalda qaror toptirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Ayni vaqtda farmonga muvofiq barcha hududlarda Xalq qabulxonalarining tizimi yaratilmoqda. Bu jismoniy shaxslar uchun ham, yuridik shaxslar uchun ham bir qator qulayliklar yaratadi. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni qonunga muvofiq belgilangan muddatlarda, sifatli va xolisona ko‘rib chiqish imkoniyati yaratiladi. Ko‘tarilgan masalaning murojaat qilgan fuqaro yashaydigan yoxud yuridik shaxs joylashgan tuman yoki shaharning o‘zida sifatli, xolisona ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Xalq qabulxonalarini tashkil etish orqali Konstitutsiyamizda belgilangan davlatning xalq irodasini ifoda etishi, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligi tamoyili hayotga izchil tatbiq etiladi.
Fraksiya a’zolari mazkur farmon barcha sohalar qatori tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishiga xalaqit berayotgan to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etishga xizmat qilishini qayd etdi. Endilikda aholi, xususan, tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan masalalar tezda o‘z yechimini topadi.
Tadbirda farmonning yana bir muhim jihati, ya’ni murojaatlarga asos bo‘lgan tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash yuzasidan doimiy tahlillar o‘tkazishga e’tibor qaratildi.
– Bunday tahlillarning o‘tkazilishi qonunlarni qabul qilish va ularni qo‘llash amaliyotida, bu orqali fuqarolik jamiyati asoslarini yanada mustahkamlash borasida qator ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, fraksiya a’zosi O.Egamov. – Qolaversa, bunday tahlillar joylarda davlat xizmati ko‘rsatayotgan kadrlarning salohiyatini ko‘rsatib beradi, bu amalda kadrlar siyosati bilan bog‘liq islohotlarni samarali davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yig‘ilishda fraksiya vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
O’zA