Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XALQ QABULXONALARIGA ISHONCH KATTA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XALQ QABULXONALARIGA ISHONCH KATTA

Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga murojaat etish huquqi Konstitutsiyamiz va boshqa qonunlarda kafolatlangan. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartib va muddatlari belgilab qo‘yilgan.

Ushbu qonuniy asoslarga ko‘ra, 2016-yil sentabr oyida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ham joylarda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar qisqa vaqtda yechim topishi, aholining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Virtual qabulxona bilan birgalikda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi organlarida ham O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonalari ochildi.

– Partiyaning Samarqand viloyati kengashidagi qabulxona 2016-yilning sentabr oyida ish boshladi, – deydi O‘zLiDeP viloyat kengashidagi Bosh vazir qabulxonasi bosh konsultanti Baxtiyor Mustafoyev. – Bu yerda aholi murojaatlari yozma ravishda qabul qilinib, Hukumat portalida tashkil etilgan Bosh vazir virtual qabulxonasi (pm.gov.uz)ga yo‘llandi. 2016-yil yakuniga qadar 716 murojaat qayd etilib, hozirgacha ularning 92 foizi ko‘rib chiqildi. Murojaatlar mazmuniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning 205 tasi sud-huquq tizimi, 47 tasi kommunal xizmat ko‘rsatish, 35 tasi yer ajratish masalasi, 25 tasi ishga tiklash bilan bog‘liq muammo va kamchiliklar, qonunbuzilish holatlari haqida ekanini ko‘rish mumkin. Uy-joy, bank kreditlari, davlat hokimiyati boshqaruvi organlari faoliyati yuzasidan ham ko‘plab ariza va shikoyatlar qayd etilgan. Ularning barchasi tegishli tartibda mutasaddi idoralar tomonidan ko‘rib chiqilib, zarur chora-tadbirlar belgilangan.

Samarqand shahri, Samarqand, Urgut, Pastdarg‘om, Tayloq, Jomboy tumanlaridan ko‘p murojaatlar tushgan.

– Mahallamizda zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi qurishni iltimos qilib partiyaning qabulxonasiga murojaat qilgan edim, – deydi Urgut tumani O‘ramas mahallasida yashovchi Sh.Mahmadmurodova. – Ushbu masala bo‘yicha qisqa vaqtda javob berishdi va 2017-yilda qishlog‘imizda yuz o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi quriladigan bo‘ldi. Qabulxona xizmatidan xursandmiz.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, endi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va Virtual qabulxonasi, shuningdek, viloyatlar, tuman va shaharlarda Xalq qabulxonalari tashkil etiladi. Bu farmonda ta’kidlanganidek, yurtimizda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirishga xizmat qiladi.

O’zA