Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XALQARO ALOQALAR RIVOJI – IQTISODIY TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XALQARO ALOQALAR RIVOJI – IQTISODIY TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI

Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi devonxonasi tomonidan «O‘zbekiston – Xitoy savdo-iqtisodiy munosabatlari zamonaviy bosqichda» mavzuida brifing o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik va manfaatdorlikka asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy bazasini bir qancha hujjatlar mustahkamlab turadi. Bunda 2017-yil 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning shu yil 11-13-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi O‘zbekiston – Xitoy savdo-iqtisodiy munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tardi. Xususan, ikki tomonlama savdo aloqalarini yanada rivojlantirish, investitsiyalar, moliya, transport infratuzilmasi, erkin iqtisodiy va kichik iqtisodiy zonalar barpo qilish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Xitoy hukumatining imtiyozli va tijorat kreditlari asosida O‘zbekistonda elektr energiyasi, neft-gaz, gidroenergiya va kimyo sanoati, havo va temir yo‘l transporti infratuzilmasini modernizatsiya qilish singari 60 dan ortiq yirik loyiha amalga oshirildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod kompaniya va korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali qo‘shma korxonalar yaratishga kelishib olindi.

– O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar Xitoy jamoatchiligi tomonidan yuksak baholanmoqda, – deydi Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Szin Yuylun. – Biz ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, sanoatni modernizatsiyalash, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan mazkur sa’y-harakatlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz.

O’zA