Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XALQARO ANDOZALAR ASOSIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XALQARO ANDOZALAR ASOSIDA

Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, sifatni boshqarish tizimi bo’yicha xalqaro andozalarni qo’llash asosida mahsulotlar sifati va raqobatdoshligini oshirish “O’zstandart” agentligi faoliyatida muhim o’rin tutadi. Ushbu omillarning hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida dunyo bozorida mamlakatimizda tayyorlanayotgan mahsulotlarga bo’lgan talab tobora ortib borayotir.

Bu haqda Milliy matbuot markazida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari -faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi Qonun ijrosi bo’yicha agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda soha istiqbollariga bag’ishlab o’tkazilgan anjumanda so’z yuritildi.

Ta’kidlanganidek, agentlikda tadbirkorlik sub’yektlariga qulaylik yaratish, fuqarolar murojaatlari bilan bevosita ishlash maqsadida 13 turdagi interaktiv xizmat, jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali o’lchash -vositalarini qiyoslash uchun ariza qabul qilish, standart namunalarini, o’lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish va boshqa turdagi xizmatlar yo’lga qo’yildi.

So’nggi oylarda ushbu xizmatlar orqali birgina Metrologiya xizmatlari ko’rsatish markaziga 73 ta yozma va og’zaki murojaat kelib tushgan bo’lib, ularning barchasi ijobiy hal qilingan.

Anjumanda poytaxtimizning Bektemir, Yunusobod, Chilonzor tumanlari hamda viloyatlarning chekka tumanlarida Metrologiya xizmatlari ko’rsatish markazi filiallari hamda 15 ta mobil ko’chma laboratoriya faoliyat yuritayotgani gaz, suv va elektr energiya hisoblagichlarini qiyoslashda aholiga qo’shimcha qulaylik yaratayotgani, standartlashtirish sohasidagi tegishli me’yoriy hujjatlarga o’zgartishlar kiritilishi -tufayli hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish muddatlari 15 kundan

10 kungacha, ro’yxatdan o’tkazish esa uch kunga qisqargani qayd etildi. Tadbirda joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

"XALQ SO’ZI" GAZETASI