Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XALQARO EKSPERTLAR: “O’ZBEKISTON AYOLLAR HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH SOHASIDA BOSHQA MAMLAKATLAR UCHUN NAMUNADIR”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XALQARO EKSPERTLAR: “O'ZBEKISTON AYOLLAR HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH SOHASIDA BOSHQA MAMLAKATLAR UCHUN NAMUNADIR”

Ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ayollarning o’rni va maqomini oshirish O’zbekistonda davlat siyosatidagi o’ta muhim ustuvorlik hisoblanadi. Shu maqsadlarda ayollarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash, oila institutini, onalik va bolalik muhofazasini yanada kuchaytirish bo’yicha samarali chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizning davlat va jamiyat boshqaruvining barcha bo’g’inlarida, sud-huquq tizimi, nodavlat tashkilotlar faoliyati, ijtimoiy tizimlarda, umuman olganda, jamiyatimiz hayotining hamma sohalarida ayollarning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasi hamda ijtimoiy faolligi oshib borayotganini kuzatish mumkin. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarining 17 foizini, Qonunchilik palatasi deputatlarining 16 foizini ayollar tashkil etadi, yuzlab ayollar xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlarida faol mehnat qilishmoqda. O’zbekistonda ish olib borayotgan tadbirkorlarning 35 foizini, fermerlarning 10 foizini ayollar tashkil etadi.

O’zbekistonda ayollar o’z bilimi va tajribasi, malakasi va mahorati bois ko’pgina sohalarda yetakchi o’rinni egallashgan. Hayotimizda borgan sari muhim ahamiyat kasb etayotgan soha va tarmoqlar taraqqiyotini, fermerlik harakati, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sohalar, ilm-fan, tibbiyot, ta’lim va tarbiya, madaniyat va san’at hamda boshqa jabhalarni ayollarning ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin.

Mamlakatimizning ayollar haq-huquqlari va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish sohasidagi tajribasi va qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlari, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki ta’minlangani butun dunyo miqyosida katta qiziqish uyg’otmoqda. Xususan, bu mavzu yuqori darajalarda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi singari ko’p tomonlama institutlar va boshqa tashkilotlar doirasida ko’rib chiqilmoqda va muhokama etilmoqda.

Masalan, yaqinda BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida tashkilotning 193 a’zo mamlakati o’rtasida “Ayollarning ijtimoiy himoyasi - O’zbekiston kasaba uyushmalarining ustuvorliklaridan biri” mavzuidagi axborot materiali tarqatildi.

Unda mustaqillik yillari O’zbekiston ayollarining ravnaq topishi zamoni bo’lgani qayd etilgan. Bu mamlakat ayollarining ijtimoiy-siyosiy faolligini, jamiyat va davlat qurilishidagi vazifalarning hal qilinishida ularning o’rni va maqomini oshirishga ko’maklashayotgan muhim o’zgarishlar davridir.
“Ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoyasi, ularning farovonligini har tomonlama yaxshilash uchun munosib sharoitlarni yaratish O’zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi, deya ta’kidlangan mazkur hujjatda. Bu jarayonda mamlakat kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda mehnat huquqlarini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlarni olib bormoqda”.

Ma’lum qilinganidek, shu maqsadlarda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi huzurida Ayollar kengashi tuzilgan, tarmoq va hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlarining huzurida esa ayollar bilan ishlash komissiyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ular tomonidan ishchi ayollar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu tariqa jamoa shartnomalari va bitimlar vositasida ular uchun qo’shimcha imtiyoz va kafolatlar yaratilmoqda. Hujjatda bu boradagi ishlarning barchasi davlat, kasaba uyushmasi va ish beruvchilarning ijtimoiy sherikligi asosida olib borilayotgani alohida ta’kidlangan.

Shu bilan birga, ayollarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash sohasidagi mamlakatimiz tajribasi jahon hamjamiyati tomonidan ham o’rganilmoqda. Xususan, ushbu mavzuga doir ma’lumotlar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 57 ta ishtirokchi davlati hamda mazkur tashkilotning 11 ta hamkorlik bo’yicha sherik mamlakatlari, YEXHT institutlari va dala missiyalari, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Ijroiya qo’mitasi va MDH a’zo mamlakatlari o’rtasida tarqatildi.
O’zbekistonning ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida erishgan muvaffaqiyatlariga nisbatan jahon hamjamiyatida tobora o’sib borayotgan e’tibor va qiziqish xorijiy mamlakatlarda bo’lib o’tayotgan tarli tadbirlarda - brifing, taqdimot marosimlari va uchrashuvlar chog’ida ham namoyon bo’lmoqda. Ularning ishtirokchilari - gender tengligi masalalari bilan shug’ullanadigan nufuzli tizimlarning rahbarlari hamda vakillari davlat va jamiyat hayotida ayollarning o’rni va maqomini yuksaltirish bo’yicha respublikamizda olib borilayotgan ishlarning natijalarini ijobiy baholashmoqda.

Jumladan, “Yevropa ayollari lobbisi” xalqaro tashkilotining Italiya bo’limi bosh kotibi Mariya Bottarelli ayollarning ish bilan ta’minlanishi va ularning jamiyatdagi maqomi oshirilishida kasaba uyushmalari tashkilotlarining alohida o’rni borligini ta’kidladi. Uning fikricha, O’zbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga hamda tenglik asosida jamiyatning barcha sohalarida ular har tomonlama ishtirok etishiga yo’naltirilgan “BMT harakatlari Pekin platformasi”ning (“Platform of Action of Beijing”) muhim qismi hisoblanadi.

“Erkaklar va ayollar o’rtasidagi maoshlarda farqlarni qisqartirish bo’yicha qabul qilingan chora-tadbirlar ham diqqatga sazovordir, deydi u. Ayni paytda Yevropa Ittifoqining 2010 – 2015-yillarga mo’ljallangan strategiyasida aynan ana shunday maqsad ko’zda tutilgan. O’zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan tadbirkor ayollarning qo’llab-quvvatlanayotgani ham e’tiborga molikdir. Ularga “Ishonch telefonlari” orqali huquqiy yordam ko’rsatilishi ham ayrim byurokratik holatlardan qochishga ko’maklashadigan muhim vosita hisoblanadi. Faol ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ularning shaxsiy hayotiga ta’sir ko’rsatibgina qolmasdan, butun jamiyat farovonligining yuksalishiga ko’maklashadi”.

AQSh Ayollar tashkilotlari milliy kengashining raisi, Ayollarni o’rganish va o’qitish instituti prezidenti Syuzan Skanlanning fikr bildirishicha, O’zbekistonda ayollar huquqlarining himoyasi bo’yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar yuqori bahoga munosibdir.

“O’zbekiston ta’limning boshlang’ich bosqichidanoq qizlarning yuqori maosh to’lanadigan kasblarga (ilm-fan, texnologiya, injeneriya va boshqalar) tayyorlanishi nuqtai nazaridan boshqa mamlakatlardan, shu jumladan, Amerika Qo’shma Shtatlaridan oldinda, deb hisoblaydi u. Respublikaga safarlarim chog’ida qizlar orasida bunday bitiruvchilarni ko’p uchratdim, men ularning sa’y-harakatlari va muvaffaqiyatlaridan quvonaman. Ayollarni ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar, ayniqsa, qishloq joylarda ayollar ehtiyojlariga qaratilayotgan e’tibor alohida diqqatga sazovordir. O’zbekistonga birinchi safarim chog’ida butun mamlakat bo’ylab homilador ayollar va yosh onalarga maxsus tibbiy xizmat ko’rsatadigan sayyor guruhlarning faoliyati bilan tanishdim. Bunday usulni Amerikada ham qo’llasa bo’ladi”.

Rossiya hukumati huzuridagi Moliya universitetining “Amaliy siyosatshunoslik” kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Yevgeniya Maxmutovaning fikricha, ayollarni qo’llab-quvvatlashning rivojlangan tizimi, shubhasiz, davlat samaradorligi, yetukligi va mustaqilligining ko’rsatkichi hisoblanadi. Uning aytishicha, O’zbekiston Respublikasida ayollarning iqtisodiy va fuqarolik huquqlari ta’minlanishi yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.

“Saylov jarayonlari ijtimoiy yo’naltirilganligining muhim tavsifi bo’lgan 2014-yildagi parlament saylovlari hamda 2015-yilgi Prezident saylovi bu fikrni tasdiqladi, dedi Y.Maxmutova. Barcha uchastklarda maxsus ona va bola, tibbiyot xonalari jihozlandi. Shu tariqa ovoz bermoqchi bo’lgan ayollar bolamni kimga qoldirsam ekan, deya o’ylanib qolishmasdan o’zlarining saylovchi sifatidagi huquqlaridan foydalanish imkoniga ega bo’ldilar.

Davlat va mahalliy boshqaruv tizimida ayollar tutgan o’rinning ahamiyati kam emas. Ayollarning respublika siyosiy hayotiga faol integratsiyasi, siyosiy qarorlar qabul qilinishiga ularning ta’sir ko’rsatishi O’zbekiston boshqaruv tizimidagi o’ziga xoslik hisoblanadi”.

Fuqarolik jamiyati muammolari tadqiqot markazining (Ukraina) direktori Vitaliy Kulik qayd etishicha, gender munosabatlari butun madaniyatni, jamiyat qurilishi, davlat institutlari, qaror qabul qilish usullari va fikrlash uslubini o’zida mujassam etadi. Ular tilda, urf-odatlarda, san’at va hatto ishlab chiqarishda ham o’zining o’chmas izini qoldiradi.

V.Kulik o’tgan yillar davomida O’zbekistonda ayollarning ijtimoiy siyosiy faolligini, jamiyat va davlat qurilishi vazifalarini hal etishda ularning o’rni va maqomini oshirish yuzasidan salmoqli o’zgarishlar ro’y berganini ta’kidladi.

“Gender munosabatlarini uyg’unlashtirishga umum demokratik jarayonning ajralmas bo’lagi sifatida qaraladi, deydi komil ishonch bilan ekspert. Biroq demokratlashtirish o’z-o’zidan avtomatik tarzda gender muammolarining hal qilinishiga olib keladi, deb hisoblash mumkin emas. Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, buning uchun alohida harakat lozim. Va bu masala bo’yicha O’zbekiston butun Markaziy Osiyo mintaqasiga namuna bo’lishi mumkin. Bugungi kunda O’zbekiston kasaba uyushmalari tizimida maxsus tuzilma - Ayollar kengashi, tarmoq va hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlarining huzurida esa ayollar bilan ishlash komissiyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ular tomonidan ishchi ayollar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, jamoa shartnomalari va bitimlar vositasida ular uchun qo’shimcha imtiyoz va kafolatlar yaratilmoqda. Bunday tajriba hatto Yevropa qonunchiligida ham mavjud emas”.

Ekspertning aytishicha, O’zbekistonda maksimal darajadagi bandlikni ta’minlashga, ishlaydigan ayollarning daromadlarini oshirishga yo’naltirilgan samarali gender siyosati ishlab chiqilgan va u hayotga tadbiq etilmoqda, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarining bitiruvchi qizlari bandligi ta’minlanishiga ko’maklashish amalga oshirilmoqda. “Ayollarning huquq va erkinliklari ta’minlanishi, ularning farovonligi va ijtimoiy himoyasi yaxshilanishi bo’yicha majmuaviy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi bo’yicha O’zbekiston tajribasi Markaziy Osiyo davlatlari uchun davlat gender siyosatining modeli bo’lishi mumkin, ayrim masalalarda esa u jinslar teng huquqliligi ta’minlanishidagi Yevropa tajribasini ham boyitadi”, deb hisoblaydi V.Kulik.

Dehli universiteti (Hindiston) Indraprastxa xotin-qizlar kollejining Tarix kafedrasi dotsenti Minakshi Kxanna mustaqil rivojlanish yillari davomida O’zbekistonda ayollarning ijtimoiy-siyosiy holati sezilarli darajada o’sganini e’tirof etdi.

— Bugungi kunda ular mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim o’rin tutmoqda, - dedi u. - Respublikada ayollarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuqori bahoga loyiqdir. Siyosiy partiyalar hokimiyatning qonun chiqaruvchi va vakillik organlariga nomzodlar umumiy sonidan kamida 30 foizi ayollarning nomzodlarini ko’rsatishlari lozimligi qonun bilan mustahkamlab qo’yilgani menda katta taassurot qoldirgan. Shu o’rinda, O’zbekiston kasaba uyushmalari tashkilotlari ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini ta’minlash jarayonida faol ishtirok etayotganini ham ta’kidlashni istar edim.

O’zbekiston Respublikasida ayollarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va sog’ligi mustahkamlash bo’yicha hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar xorijiy ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritilmoqda.

Masalan, yaqinda Britaniyada nashr qilinadigan “Pulse UK” gazetasi o’z sahifasida ushbu mavzuga bag’ishlangan maqolani chop etdi. Unda qayd etilganidek, O’zbekistonda ayollarga eng faxrli o’rin berilgan. Ayollarning uyg’un rivojlanishi, ularning katta ijodiy va ma’naviy salohiyatini amalda tadbiq etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Nashr 2014-yilda respublikaning barcha hududlarida ayollar uchun 468 ming 175 ta yangi ish o’rinlari yaratilganini o’z o’quvchilarining e’tiboriga havola qilgan. Butun mamlakat bo’yicha namunali loyihalar asosida zamonaviy uylar, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, go’zallik salonlari, tibbiy, sog’lomlashtirish muassasalari hamda sport majmualari qurilayotgani va foydalanishga topshirilayotgani ayollar turmushini yengillashtirgani barobarida ular uchun yanada katta qulayliklarni yaratmoqda.

O’z navbatida, Xitoyning «Dunfan Szabao» (“Sharq tongi”) gazetasi ham O’zbekistonda ayollarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat sharoiti yaratish bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan o’z o’quvchilarini tanishtirdi.

“Bugungi kunda jamoa shartnomalari va bitimlariga ayollarning ijtimoiy himoyasi sifati va samaradorligini oshirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan maxsus bo’lim kiritilgan, deb yozadi gazeta. Shu tariqa ayollarning maksimal darajadagi bandligi, ishlaydigan ayollarning daromadlarini oshirish ta’minlanmoqda, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarining bandligiga ko’mak ko’rsatilmoqda. Korxona va tashkilotlarda 2 yashardan 3 yoshgacha bolalari bo’lgan yosh onalarga jamoa shartnomalari asosida moddiy yordam ham berilmoqda. Nodavlat jabhasidagi korxonalarda mehnat qiladigan onalar uchun ish haqi saqlangan holda haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilangan. Ikki yashargacha bolalari bo’lgan ishchi ayollar bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslardan foydalanishadi, bu tanaffus ish vaqtiga kiritilgan bo’lib, o’rtacha oylik ish haqi hisobi bo’yicha haq to’lanadi”.

“Diplomacy India” (Hindiston) elektron portalida e’lon qilingan maqolada esa ayollar bandligi ta’minlanishida kasanachilik mehnatiga hamda xususiy tadbirkorlikka alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlanadi. “Oilaviy biznesni tashkil qilish, ayollarning huquqiy, tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini hamda ko’nikmalarini oshirish maqsadlarida davra suhbatlari va seminarlar o’tkazilmoqda. Ular chog’ida mutaxassislar tomonidan ayollar tadbirkorligini qanday rivojlantirish, biznes rejalar tuzish, hujjat yuritish, soliq imtiyozlari, kredit olish singari savollar yuzasidan maslahat va tavsiyalar berilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida endigina ish boshlayotgan ayollar uchun bepul yuridik maslahatlar tizimi yo’lga qo’yilgan”, deb yozadi “Diplomacy India”.

Bundan tashqari, maqolada ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun ajratilayotgan kreditlar hajmi yil sayin o’sib borayotgani ham qayd etilgan. “2014-yili tadbirkor ayollar uchun salkam bir trillion so’m miqdorida kreditlar ajratilgani holda 2013-yilga nisbatan 1,4 barobar o’sish ta’minlandi. Sanoat, qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish sohalariga yo’naltirilgan kreditlar hisobidan minglab ayollar o’z biznesini yo’lga qo’yishib, o’z oilalarining hayot darajasini oshirdilar.

“Imtiyozli kreditlar ajratilishida respublika tijorat banklari qishloq joylarda ayollar boshqarayotgan, ularning mehnatidan foydalanilayotgan kichik korxonalarni rivojlantirish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni rag’batlantirish, kasanachilik va yangi ish o’rinlarini yaratishga qaratilgan qishloq kichik korxonalarini rivojlantirish bo’yicha loyihalarni qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Joriy yilda ham bu yo’nalishlarga bir trillion so’mdan ziyod kreditlar ajratilishi ko’zda tutilgan”, deb yozadi “Diplomacy India”.

O’z navbatida, Quvaytda chop etiladigan “Times Kuwait” gazetasi ham O’zbekistonda ayollar salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor berilayotganini yuqori baholaydi.

“Mamlakatda dunyoda birinchilardan bo’lib ayollarni polivitaminlar bilan ta’minlash amaliyoti joriy qilingan, deya ma’lumot beradi nashr. Natajada shifobaxsh polivitaminlar iste’mol qilgan onalar va ulardan dunyoga kelayotgan farzandlarning salomatligi ko’rsatkichi yaxshilanib, kasalliklar kamayib bormoqda. Birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalarida aholining, jumladan, fertil yoshdagi ayollar, bolalar va o’smirlarning salomatligini yanada yaxshilash va kasalliklar oldini olish maqsadida har oyda an’anaviy tarzda chuqurlashtirilgan tibbiy ko’riklar o’tkazilmoqda. 2014-yili “Sog’lom ona - sog’lom bola” loyihasi doirasida tashkil etilgan ana shunday tadbirlarda 13 million 600 ming nafardan ko’proq ayol va bola qamrab olindi va kasalligi aniqlanganlar tegishli tartibda sog’lomlashtirildi”.

Shunday qilib, oliy ma’lumotli mutaxassis, bunyodkor va ijodkor bo’lgan bugungi O’zbekiston xotin-qizlari o’zining mehnatkashligi, iqtidori va salohiyati bilan ulkan natijalarga erishmoqda. Ayni paytda ular oila va jamiyatimizda tinchlik, totuvlik, farovonlik va hamjihatlikni ta’minlashdek mas’uliyatli vazifalarni o’zining nozik yelkasida ko’tarib kelmoqda.

Davlat tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning iste’dod va intilishlarini yuzaga chiqarish uchun barcha sharoit yaratish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Bu yo’nalishdagi islohotlarning natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholangani holda O’zbekiston ayollari alohida e’zoz va hurmat topgan mamlakat sifatida nom qozondi.

“Jahon” AA