Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XALQARO HAMKORLIK — TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XALQARO HAMKORLIK — TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI

O’zbekistonning rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishi — yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsadlardan biridir. Mamlakatimiz o’tgan davrda turli qiyinchiliklarni yengib o’tib, rivojlanish yo’lidan dadil bormoqda. Vaholanki, bir paytlar ayrim ekspert doiralarida O’zbekiston taraqqiyot yo’li muvaffaqiyatiga ishonmaganlar ham bo’lgan edi.

Bugun mamlakatimiz xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida ta’lim, sog’liqni saqlash, tadbirkorlik, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda xavfsizlikni ta’minlash sohasida ulkan marralarni egallamoqda. Bu yutuqlar jahonning yetakchi reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilayotir. Ayni damda dunyo jamoatchiligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’yicha olib borilayotgan saylov kampaniyasini katta qiziqish bilan kuzatayotgani ham bejiz emas, albatta.

Muxbirimizning O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi, tarix fanlari doktori, professor Temir SHIRINOV bilan suhbati ana shu jarayon haqida bo’ldi.

— Haqiqatan ham, dunyo hamjamiyati nigohi yurtimizda kechayotgan qizg’in jarayonga qaratilgan, — deydi T. Shirinov. — Joriy yilgi saylov kampaniyasini yoritish uchun biz jahonning 30 ta mamlakati axborot agentliklari jurnalistlarini akkreditatsiyadan o’tkazdik. Bundan tashqari, 500 nafardan ortiq xalqaro va xorijlik kuzatuvchilar saylovni kuzatishda ishtirok etish istagini bildirishdi. Ular MDH, Osiyo, Afrika, Yevropa hamda Amerikaning 40 mamlakati huquqshunos-olimlari, -siyosatshunoslari, jamoat arboblari, parlament va saylov organlari vakillaridir. Mamlakatimizga Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Ijroqo’mi singari xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar missiyalari yuborildi. 1999-yildan beri birinchi marta YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosining uzoq va qisqa muddatli kuzatuvchilaridan iborat to’laqonli missiyasi saylovni kuzatadi.

Xalqaro hamjamiyatning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bunday e’tibori, avvalambor, mamlakatimizda mustaqillik yillarida shakllantirilgan demokratik institutlar barqarorligi va mustahkamligidan, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlar samaradorligidan, fuqarolik jamiyati rivojlanganidan dalolatdir. Bundan tashqari, saylov natijasi nafaqat O’zbe-kistonning kelajak taraqqiyot yo’lini belgilab beradi, balki Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Chunki O’zbekiston mintaqaning eng muhim davlatidir.

— Saylovning umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mosligi uning demokratiya, haqqoniylik va adolatlilik tamoyillari asosida o’tkazilishini ta’minlaydi. O’zbekiston saylov tizimini shakllantirishda bu jihatlar qanday o’rin tutadi?

— Bundan 24 yil muqaddam O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligi prinsipi belgilab qo’yilgan. Bu yosh davlatimizning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvining qonuniy asosi bo’ldi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng BMT, YEXHT, MDH, ShHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda davlatlararo tashkilotlar a’zolari qatoridan munosib o’rin egalladi. Umuman, mamlakatimiz bugun yuzdan ortiq tashkilotlar faoliyatida ishtirok etib, ko’p tomonlama hamkorlik borasida turli tuzilmalar bilan aloqalarni faol rivojlantirmoqda.

O’zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi jamiyat hayotining barcha jabhasida tizimli, izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar bilan uyg’un tarzda aholining siyosiy-huquqiy madaniyati, ijtimoiy tafakkuri yuksalgan -sharoitda kechdi. Natijada O’zbekiston demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati tamoyillariga asoslangan mustaqil davlatchilik modelini yaratdi.

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2010-yil -noyabr oyida ilgari surilgan hamda parlament tomonidan qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi yurtimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga sodiqligining yorqin ifodasi, davlat va jamiyat hayotini eng yuqori demokratik talablar asosida yangilashning o’ziga xos strategiyasi bo’ldi.

— Ma’lumki, Konsepsiyada mamlakatimizda saylov qonunchiligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Unda belgilab berilgan vazifalar xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qanday xizmat qilmoqda?

— Konsepsiyada milliy saylov tizimini modernizatsiya qilish demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ochiq fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning tarkibiy qismi sifatida alohida yo’nalish etib belgilangan. Shu o’rinda jamiyat va davlat hayotining barcha jabhasini chuqur hamda har tomonlama isloh qilish va taraqqiy topgan demokratik davlatlarning tajribasini o’rganishga ustuvor ahamiyat qaratilganini ta’kidlash zarur. Chunonchi, so’nggi olti yil davomida Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda va xorijda 160 ga yaqin yirik xalqaro tadbirlar, shu jumladan, 43 ta xalqaro anjuman, 33 ta seminar, 81 davra suhbati o’tkazildi. Ushbu tadbirlarga 700 nafardan ziyod xalqaro ekspertlar jalb qilindi. Ular dunyoning 47 mamlakati vakillari bo’lib, 130 ta nufuzli xorijiy tadqiqot markazlarida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, yurtimizdagi 20 ta ilmiy-tadqiqot markazining ikki ming nafardan ortiq vakillari mazkur anjumanlarda qatnashdi.

Bu sa’y-harakatlar dunyoning yuzdan ziyod yetakchi ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim muassasalari bilan o’zaro manfaatli va amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash imkonini berdi. Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, Isroil, Rossiya hamda Sharqiy Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hamda ilmiy markaz-lari shular jumlasidandir. Shuningdek, BMT, YEXHT, MDH, Milliy demokratiya instituti (AQSh), Germaniyaning F. Ebert va K. Adenauer jamg’armalari, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Demokratiya va saylovlarni tashkil qilish xalqaro instituti hamda boshqa xalqaro tashkilotlar va fondlar bilan ham samarali hamkorlik olib borilmoqda.

Bunday xalqaro forum hamda amaliy hamkorlik aloqalari natijalari “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”, “Ekologik nazorat to’g’risida”, “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”, “Elektron hukumat to’g’risida”, “Parlament nazorati to’g’risida”gi kabi muhim qonunlar hamda o’ttizdan ortiq boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda va qabul qilishda qo’l keldi.

Bevosita saylov mavzuida o’nga yaqin yirik xalqaro anjumanlar, davra suhbatlari hamda seminarlar tashkil etildi. Ularda AQSh, Fransiya, Yaponiya, Isroil, Germaniya, Janubiy Koreya, Italiya, Ispaniya, Latviya, Gretsiya, Turkiya, Norvegiya, Xitoy hamda MDH mamlakatlari ekspertlari ishtirok etdi.

Xorijiy mamlakatlarda saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish amaliyotini o’rganish maqsadida so’nggi besh yil davomida o’zbekistonlik ekspertlarning Fransiya, Ispaniya, Polsha, Daniya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Hindiston singari davlatlarga yigirmadan ziyod safarlari uyushtirildi.

Dunyoning yetakchi davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, AQSh, Belgiya, Niderlandiya parlamentlari vakillarining mamlakatimizga tashriflari ham saylov qonunchiligi va amaliyotini rivojlantirishda muhim o’rin tutdi. Ushbu tashriflar doirasida saylov jarayonini takomillashtirish masalalari bo’yicha brifinglar, davra suhbatlari, anjumanlar hamda ekspertlar muloqoti tashkil etildi.

Shu o’rinda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining ushbu yo’nalishdagi faoliyatini alohida qayd etish joiz. Institut -tomonidan taraqqiy etgan demokratik davlatlar ilg’or tajribalarini o’rganish maq-sadida xorijiy mamlakatlar saylovlarini masofaviy monitoring qilish amaliyoti yo’lga qo’yilgan. Unga muvofiq, xorijiy davlatlarning saylovga oid materiallari -umumlashtirilib, tahlil qilib borilmoqda. Mazkur monitoring natijalari milliy saylov qonunchiligi hamda amaliyotini takomillashtirish jarayonida AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya, Tojikiston, Rossiya, Qirg’iziston, Belarus, Ozarbayjon, Qozog’iston, Avstriya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarning saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga doir eng ilg’or tajribalaridan foydalanish imkonini berdi.

— Yuqorida aytib o’tilganidek, O’zbekiston Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining a’zosi hisoblanadi. Mamlakatimiz saylov tizimini takomillashtirishda YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi bilan hamkorlik aloqalari haqida to’xtalib o’tsangiz.

— Saylovlarning xalqaro kuzatuvlarini amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan eng nufuzli tuzilmalardan biri — YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi bilan tajriba hamda axborot almashish saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirishning muhim yo’nalishi hisoblanadi. Chunonchi, 2012 — 2016-yillarda Markaziy saylov komissiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Tashqi ishlar vazirligining

15 nafar xodimi mazkur tashkilot tomonidan qisqa va uzoq muddatli kuzatuvchilarni tayyorlash bo’yicha tashkil qilingan sakkizta treningda qatnashdi.

Markaziy saylov komissiyasi, parlament palatalari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti vakillari YEXHT Demokratik -institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi missiyalari tarkibida Armaniston, Moldova, Buyuk Britaniya hamda boshqa mamlakatlarda bo’lib o’tgan saylovlarni kuzatdi. Vakillarimiz kuzatuv doirasida qonunchilikni, xorijiy davlatlarda saylovga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlarini batafsil o’rgandi.

Markaziy saylov komissiyasi hamda YEXHTning “O’zbekiston Respublikasi saylov amaliyotini takomillashtirishga ko’maklashish” qo’shma loyihasi doirasida Markaziy saylov komissiyasi mutaxassislari YEXHT ishtirokchi-mamlakatlarining saylov jarayonining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, saylov amaliyotini demokratlashtirish, jumladan, saylovchilarning yagona elektron ro’yxatini tatbiq qilish sohasidagi tajribasi bilan tanishdi.

YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi missiyalari O’zbekistonda 1999, 2004, 2009 hamda 2014-yillarda parlament saylovini, 2007, 2015-yillarda esa Prezident saylovini kuzatgan. Bunday hamkorlik natijasida saylovning huquqiy asoslari izchil takomillashtirildi, saylov qonunchiligimizga umume’tirof etilgan xalqaro standartlar to’liq implementatsiya qilindi.

— Mamlakatimiz a’zo bo’lgan boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida saylov qonunchiligini takomillashtirish sohasida hamkorlik qanday rivojlanmoqda?

— Markaziy saylov komissiyasi va parlament a’zolari, tadqiqot markazlari mutaxassislari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, -Butunjahon saylov organlari missiyalari tarkibida muntazam ishtirok etib keladi. Xususan, ular Armaniston, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Ukraina, Koreya Respublikasi, Tojikiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Litva, Moldova, Buyuk Britaniya hamda boshqa mamlakatlarda ish olib borishdi. Bunday keng miqyosli hamkorlik aloqalari, pirovardida saylov qonunchiligi va amaliyotini izchil takomillashtirish, boshqa davlatlar hamda tuzilmalarning saylov tizimini rivojlantirish sohasida mamlakatimiz bilan aloqalarni kengaytirishga bo’lgan qiziqishining ortishiga olib keldi. Masalan, 2010 — 2016-yillarda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Latviya, Litva, Koreya Respublikasi markaziy saylov organlari bilan hamkorlik to’g’risida memorandumlar imzolandi.

O’zbekiston 2013-yilda dunyoning 94 ta mamlakati bilan birga Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasini ta’sis etish tashabbuskorlaridan bo’ldi. Bu yurtimizning xalqaro saylov huquqini rivojlantirish sohasidagi muhim hissasi sifatida e’tirof etildi. Mazkur tuzilma aynan saylov huquqi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilgan. Bugungi kunda u dunyoning 106 ta mamlakati saylov organlari sa’y-harakatlarini birlashtirib, davlatlarda saylovlarning demokratiya, haqqoniylik, ochiqlik va erkinlik singari prinsiplar asosida o’tkazilishiga xizmat qilayotgan nufuzli tashkilotga aylandi.

Bunday hamkorlik doirasida tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish, axborot almashish, saylov komissiyalari a’zolari, saylov organlari xodimlarini o’qitish hamda malakasini oshirish bo’yicha qo’shma loyihalar va tadbirlarni amaliyotga yo’naltirish, saylovni o’tkazishning tashkiliy-texnik jihatlari bo’yicha ilg’or tajribalarni o’rganish maqsadida delegatsiyalar tashrifini uyushtirish, birgalikda maslahatlashuvlar olib borish, saylov va referendumlarda ishtirok etish uchun kuzatuvchilarni yuborish masalalari qamrab olinadi.

Hozirgi vaqtda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va YEXHT ko’magida O’zbekistonda saylovchilarning yagona elektron ro’yxatini yaratish bo’yicha faol ish olib borilmoqda. Bu xalqaro huquq qoidalarini milliy saylov qonunchiligiga izchil implementatsiya qilish, fuqarolar saylov huquqi kafolatlarini mustahkamlash borasida navbatdagi muhim qadam hisoblanadi.

— Aytingchi, O’zbekiston saylov tizimi umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va demokratik prinsiplarga nechog’li javob beradi?

— Mamlakatimiz saylov qonunchiligiga xalqaro saylov hujjatlari — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, BMT Inson huquqlari bo’yicha qo’mitasi hujjatlari, Insoniylik mezoni bo’yicha -Kopengagen kengashining yakuniy hujjati, MDHga a’zo-davlatlarda Demokratik saylov, saylov huquqlari va erkinliklari standartlari to’g’risidagi konvensiya, Yevropa Kengashi Venetsiya komissiyasining saylov masalalariga oid kodeksi asosiy qoidalari va prinsiplari implementatsiya qilingan.

Konstitutsiyamiz, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi, “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi qonunlar mamlakatimiz saylov qonunchiligining asosini tashkil qiladi.

Saylovning huquqiy asoslari aniq, izchil va sodda tuzilgan, deb bemalol aytishimiz mumkin. Mazkur sohadagi barqaror qonunchilik esa saylov jarayoni ishtirokchilari uchun aniqlikni ta’minlashi bilan juda ahamiyatlidir. Chunonchi, qonunlarimizda O’zbe-kiston Respublikasi fuqarolarining jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda demokratik yo’l bilan saylangan o’z vakillari, shu jumladan, davlat organlarini demokratik shakllantirish, ya’ni saylovlar orqali ishtirok etish bo’yicha asosiy huquqi mustahkamlangan. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash hamda saylanish huquqi kafolatlangan. Bu davriy va haqqoniy saylovlar orqali umumiy, teng hamda to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan ta’minlanadi. Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqyei, irqiy hamda milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg’ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga ega. Har bir fuqaroning saylov huquqlari sud yo’li bilan himoya etilishi, saylov komissiyalarining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatlari va bunday murojaatlar tez hamda samarali ko’rib chiqilishi kafolatlanadi.

Konstitutsiya va qonunlarda mazkur muhim siyosiy tadbirni tashkil qiladigan saylov komissiyalari mustaqilligining kafolatlari mustahkamlangan. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi doimiy faoliyat yurituvchi organ bo’lib, u mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida ish olib boradi.

Saylovlar adolatliligining kafolatlari har bir nomzod uchun teng imkoniyatlar yaratishda, nomzodlar saylov kampaniyasining odil hamda ochiq moliyalashtirilishida, ovoz berish va ovozlarni sanab chiqishning halolligida namoyon bo’ladi.

Bundan tashqari, saylov kampaniyasi boshlanishidan tortib, ovoz berish yakunlari e’lon qilinguniga qadar bo’lgan davrning xalqaro va milliy kuzatuvi qonuniy asoslari mustahkamlab qo’yilgani, kuzatuvchilarga keng huquq hamda vakolatlar belgilangani saylovning qonuniyligi, ochiqligi va oshkoraligining mustahkam kafolati hisoblanadi.

O’zbekiston saylov qonunchiligi demokratik saylovlarni o’tkazishning umume’tirof etilgan xalqaro prinsiplari va qoidalariga to’liq javob beradi. Bunga xalqaro hamjamiyat e’tirofi, jumladan, mamlakatimizda avvalgi saylovlarda qatnashgan xorijlik kuzatuvchilar tomonidan tan olingani yaqqol misoldir.

www.xs.uz