Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XALQARO ISH BERUVCHILAR TASHKILOTINING TO’LA HUQUQLI A’ZOSI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XALQARO ISH BERUVCHILAR TASHKILOTINING TO'LA HUQUQLI A'ZOSI

O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi oldida turgan muhim vazifalardan biri yoshlarning o’z kasb-korini va kelajagini erkin tanlashlari uchun sharoit yaratib berishdir.

O’z tarkibiga 27 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy asosda birlashtirgan O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi birinchi navbatda yosh avlodning o’z biznesini rivojlantirishidagi tanloviga ko’maklashishga harakat qilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Savdo-sanoat palatasi o’rtasida tuzilgan, 2014-2016 yillarga mo’ljallangan, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha uch tomonlama Bosh kelishuv doirasida, Palata O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) konvensiyalarini, shu jumladan, XMT ning Majburiy mehnat to’g’risidagi 29-sonli Konvensiyasi, Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to’g’risidagi 138-sonli Konvensiyasi hamda Bolalar mehnatining og’ir shakllarini taqiqlash va yo’q qilishga doir shoshilinch choralar to’g’risidagi 182-sonli Konvensiyasini tatbiq etish bo’yicha Milliy rejaning bajarilishida bevosita ishtirok etadi. Rejada quyidagilar nazarda tutilgan:

— Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Fermerlar kengashining ish beruvchilar va xodimlarning majburiy mehnat hamda bolalar mehnati bo’yicha XMT konvensiyalarini bajarish masalalari bo’yicha birgalikdagi tadbirlar majmuasini tatbiq etish, bu konvensiyalarda korxonalarda, birinchi navbatda kichik biznes sub’yektlarida mehnat muhofazasi va xavfsizligini oshiruvchi ish beruvchilarni iqtisodiy rag’batlantirish choralarini ishlab chiqish ko’zda tutilgan;

— biznes, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining o’zaro bog’liqligini ta’minlash uchun kattalar va yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga o’qitishni tashkil etish;

— joylarda ishga qabul qilishdagi zng kam yoshga va 18 yoshdan kichik shaxslar uchun mehnat sharoitlari to’g’risidagi mehnat qonunchiligiga ish beruvchilar tomonidan rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash;

— mehnatga haq to’lashni tartibga solishda jamoa kelishuvlari va shartnomalarining rolini oshirish bo’yicha qo’shimcha choralarni qabul qilish;

— ish beruvchilar fuqarolik javobgarligining majburiy sug’urtasini ta’minlash.

2014 yilda Palata va uning hududiy bo’linmalari tomonidan iqtisodiy faoliyat, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, XMT ning ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini tushuntirish bo’yicha 1500 tacha seminarlar tashkil etildi, ularda 120 868 nafar tadbirkor ishtirok etdi. Bundan tashqari, 13 132 nafar tadbirkor ishtirokida 124 ta xalqaro va respublika anjumanlari, 10 980 nafar tadbirkor ishtirokida 232 ta davra suhbatlari tashkil etildi.

Palata shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan mehnat munosabatlarini tartibga solish masalalari bo’yicha hamkorlik qilishga alohida ahamiyat bermoqda. Ijtimoiy sheriklar bilan birgalikda Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti bilan samarali dialog yo’lga qo’yilgan, Palata u bilan bir qator yo’nalishlarda, jumladan, o’z xodimlarining malakasini oshirish, paxtachilikda bolalar mehnatidan foydalanishni monitoring qilish, axborot materiallarini e’lon qilish va ish beruvchilar orasida tarqatish, O’zbekistonda bolalar mehnatini va majburiy mehnatni tubdan yo’q qilishga qaratilgan jamoat tadbirlarini tashkil etish kabi masalalar bo’yicha ish olib boradi.

2015 yildan boshlab Savdo-sanoat palatasi Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti (XIT) ning to’la huquqli a’zosiga aylandi, bu unga mehnat munosabatlarini tartibga solish masalalarida ish beruvchilar bilan o’zaro hamkorlikning yangi bosqichiga ko’tarilish imkonini beradi.

Palata o’z faoliyatida XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo’yicha, shu jumladan, kichik biznes sub’yektlari - SSP a’zolari orasida ham, shuningdek, chet ellarda O’zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari orqali, respublikada ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalarini tatbiq etish borasida ko’rilayotgan choralar, XMT a’zolari bo’lgan mamlakatlar ish beruvchilari tashkilotlari bilan tajriba almashish bo’yicha axborot-tushuntirish ishlarini o’tkazishga katta e’tibor qaratmoqda.

WWW.UZA.UZ