XALQARO KUZATUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 2016-yil 22-noyabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilari missiyasi rahbari Yoxan Peter Traugott Teyler bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Missiya ekspertlari mamlakatimizda elektron hukumat tizimi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivoji va istiqbollari bilan tanishtirildi.
Kuzatuvchilarga mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga axborot texnologiyalarini joriy etish, elektron hukumat tizimini taraqqiy ettirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti jarayonida zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi.
O‘zbekistonda AKTni yanada rivojlantirish, uni davlat va jamiyat hayotiga samarali tatbiq etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi farovonligini oshirish hamda iqtisodiyotni taraqqiy ettirishning muhim omili hisoblangan elektron hukumat tizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.
O’zA