XALQARO KUZATUVCHILAR ISLOHOTLAR SAMARASIGA YUKSAK BAHO BERDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Qashqadaryoda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari Genrik Vesterbi va Yuliya Kudeneyeva o‘z missiyasini boshladi.
Kuzatuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi raisi I.Jo‘rayev bilan uchrashdi. Okrugda yaratilgan sharoitlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga doir tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
Mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi jarayonlari, okrug saylov komissiyasi vakolatlari va olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, okrug saylov komissiyasi tomonidan Qashqadaryo viloyatida 884 saylov uchastkasi tuzilgan va uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlangan. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish oshkora amalga oshirilib, okrug saylov komissiyasi fuqarolarni o‘z faoliyatidan xabardor etib bormoqda. Bunda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda. Okrug saylov komissiyasi huzurida saylovni yoritish bo‘yicha matbuot markazi tashkil etilgan. Saylovoldi tashviqotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Bu davrda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda nomzodlarga hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlangan.
– O‘zbekiston saylov qonunchiligi bilan yaxshi tanishman va u xalqaro standartlar, boshqa huquqiy normalarga to‘la mos keladi, – deydi Genrik Vesterbi. – Kuzatuvchi sifatida ko‘plab davlatlarda saylov jarayonida ishtirok etganman. Xorijiy va boshqa kuzatuvchilarning ishtiroki saylov jarayoniga umuman ta’sir ko‘rsatmaydi. Biz faqat ushbu jarayon xalqaro normalarga mos kelishini kuzatib, saylovga tayyorgarlik va uni o‘tkazish haqida fikrimizni bildiramiz. Saylovlarni kuzatish jarayonida tajriba ham orttiramiz. Men o‘tgan asrning 90-yillari boshida ham O‘zbekistonda bo‘lgan edim. O‘tgan shu qisqa vaqtda – 25-yilda mamlakatingizda juda katta o‘zgarishlar yuz beribdi. Ochig‘ini aytsam, tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgan. Bu mamlakatingizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasidir. Eng muhimi, bu yerda tinchlik va barqarorlik hukmron. Barchamiz yaxshi bilamiz, O‘zbekiston dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar orasida taraqqiyot sari dadil odimlayotgan davlat sifatida e’tirof etiladi. Prezident saylovi haqida gapiradigan bo‘lsak, biz kuzatgan saylov uchaskalarida ish qizg‘in bormoqda.
Xalqaro kuzatuvchilar viloyatdagi boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan ham uchrashib, saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
O’zA