Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XALQARO KUZATUVCHILAR JOYLARDA SAYLOVGA TAYYORGARLIK JARAYONINI KUZATMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XALQARO KUZATUVCHILAR JOYLARDA SAYLOVGA TAYYORGARLIK JARAYONINI KUZATMOQDA

Joriy yil 9-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’yicha saylov kampaniyasi boshlangani e’lon qilinishi bilanoq Markaziy saylov komissiyasi saylovda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun xorijiy hamda xalqaro kuzatuvchilarga taklifnomalar yubordi. Saylov jarayonini YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi missiyalari hamda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan xorijlik ekspertlar kuzatib boradilar.

YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi O’zbekistonga birinchi marta to’laqonli missiyasini yubordi. Bu O’zbekistonning saylovni ochiq hamda oshkoralik asosida o’tkazishga va milliy saylov tizimini yanada takomillashtirishga tayyorligidan dalolat beradi.

YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi missiyasi tarkibida saylovlarni kuzatish bo’yicha asosiy guruh bilan birga, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli kuzatuvchilar o’rin olgan.

Joriy yilning 5-noyabr kuni uzoq muddatli kuzatuvchilar o’z faoliyatini boshladi. Ular hududlarda saylov jarayonining barcha bosqichini kuzatmoqdalar, ekspertlarga mamlakatda saylovga tayyorgarlik jarayonining borishi haqida batafsil ma’lumot taqdim etilmoqda.

Ayni kunlarda YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari respublikamizning barcha hududida ish olib borayapti. Ular davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining Prezident sayloviga tayyorgarlik ko’rishga oid faoliyati, nomzodlarning saylovoldi tashviqoti bilan tanishayotir. Kuzatuvchilar Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Farg’ona hamda boshqa viloyatlarda ham bo’lishdi. Barcha joyda kuzatuvchilarga saylovga tayyorgarlikning borishi haqida to’la-to’kis ma’lumot taqdim etildi.

Kuzatuvchilar okrug va uchastkalarda saylov komissiyalarining samarali ish olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, okrug, uchastka saylov komissiyalari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining ushbu muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko’rish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

— Qariyb 20 yildirki, YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosida ishlayman, — dedi namanganlik jurnalistlar bilan muloqotda kuzatuvchilar missiyasi vakili Diana Franka Ferari. — Bu davrda dunyoning ko’plab mamlakatlarida bo’ldim, Ukraina, Serbiya hamda Belarus Respublikasida saylovlarni kuzatishda qatnashdim. O’zbekistonda 2007-yili Prezident saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan edim. Faoliyatimizni hyech qanday to’siqlarsiz olib borayapmiz.

— Biz saylov jarayonini kuzatishda qatnashayotganimizdan mamnunmiz, — dedi kuzatuvchilar missiyasi vakili Jillian Elizabet Gloyer Farg’ona okrug saylov komissiyasidagi uchrashuvda. — Farg’ona va Andijon viloyatlarida faoliyat olib borayapmiz, asosiy urg’uni milliy saylov qonunchiligi hamda xalqaro standartlarga rioya etilishiga qaratmoqdamiz.

Kuzatuv davomida to’plangan materiallar YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi missiyasi hisobоti uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Xorijlik kuzatuvchilarning qayd etishicha, o’tgan davr mobaynida milliy saylov qonunchiligiga avvalgi parlament hamda Prezident saylovi yakunlari bo’yicha tayyorlangan tavsiyalarni hisobga olgan holda, o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Ularning amalda ro’yobga chiqarilishi saylov jarayonini ochiq hamda oshkora olib borishni ta’minlamoqda.

Ekspertlar xalqaro kuzatuvchilar faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholashayotir. Ularning fikricha, O’zbekiston nafaqat xalqaro kuzatuv institutini qonun bilan mustahkamlab qo’ygan, ayni paytda saylov kampaniyasi boshlanishidan tortib, ovoz berish yakunlari e’lon qilinguniga qadar bo’lgan davrni kuzatish imkoniyatini yaratib berdi. Kuzatuvchilar ovoz berish jarayonida, ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonnomasini tuzishda hozir bo’lish, saylov natijalari to’g’risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini so’rash hamda ularni olish huquqiga ega. Bu mamlakatimiz saylovning qonuniyligi, ochiqligi va oshkoraligi tamoyillariga sodiqligidan, saylovni umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga to’la muvofiq holda o’tkazishga tayyorligidan darakdir.

YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi hamda boshqa xalqaro tashkilotlar missiyalari O’zbekistonda 1999, 2004, 2009 va 2014-yillarda parlament saylovini, 2007, 2015-yillarda esa Prezident saylovini kuzatishda qatnashgan. Bunday hamkorlik natijasida saylovning huquqiy asoslari izchil takomillashtirildi, saylov qonunchiligimizga umume’tirof etilgan xalqaro standartlar to’liq implementatsiya qilindi.

www.xs.uz