Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XALQARO KUZATUVCHILAR TAYYORGARLIK JARAYONI BILAN TANISHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XALQARO KUZATUVCHILAR TAYYORGARLIK JARAYONI BILAN TANISHDI

Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari Vsevolod Perevozchikov va Xartvig Gantram Gans Kaboz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 1-Qoraqalpog‘iston okrug saylov komissiyasi a’zolari bilan uchrashdi.

Okrug saylov komissiyasi raisi U.Jalmenov xalqaro kuzatuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi jarayonlari, okrug saylov komissiyasi vakolatlari va olib borilayotgan ishlar, amaldagi qonun talablari asosida okrug saylov komissiyasi tomonidan 591 saylov uchastkasi tuzilgani va ular talab darajasida jihozlangani, saylovga oid tegishli adabiyotlar bilan ta’minlangani, saylovoldi targ‘ibоt tadbirlari ochiqlik, tenglik va xolislik tamoyillari asosida olib borilayotgani haqida so‘zlab berdi.

Okrug saylov komissiyasi fuqarolarni komissiya faoliyatidan muntazam xabardor etib borayotgani, bunda ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanilayotgani ta’kidlandi. Okrug saylov komissiyasi huzurida saylovni yoritish bo‘yicha matbuot markazi tashkil etilgan.

Xalqaro kuzatuvchilar okrug saylov komissiyasining samarali faoliyat olib borishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

O’zA