Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XALQARO PRESS-KLUB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV FAOLIYATI HAQIDA KITOB CHOP ETGAN KOREYS NASHRI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMINI IMZOLADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XALQARO PRESS-KLUB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV FAOLIYATI HAQIDA KITOB CHOP ETGAN KOREYS NASHRI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMINI IMZOLADI

Xalqaro press-klub nodavlat-notijorat tashkiloti va Koreya Respublikasining haftalik nashri hisoblangan “Uz Kor Economy Media Group” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi. Bu haqda Xalqaro press-klubning “Telegram”dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Memorandum Koreyaning Seul shahrida Xalqaro press-klub Raisi Sherzodxon Kudratxodjayev va «Uz Kor Economy» jurnali rahbari-Rais Ryu Sok Ho tomonidan imzolangan.

Hamkorlikning asosi shunda ko‘rinadiki, Xalqaro press-klub O‘zbekistonda bo‘layotgan yangiliklarni “Uz Kor Economy” nashriga ingliz tilida jo‘natadi va UzKor xabarlarni koreys tiliga tarjima qilib o‘z auditoriyasiga yetkazadi.

“Hamkorlikdan so‘ng bizning internetdagi jurnalimiz sahifasiga kirib, yangiliklarimizni kuzatib boruvchilar soni ortdi. Bu Xalqaro press-klub tomonidan taqdim etilayotgan ko‘plab maqolalar sharofati bilandir. Ayniqsa, O‘zbekiston hamda Turkiya o‘rtasida fuqarolarning vizasiz qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqidagi Xalqaro press-klubdan olingan ma’lumotni jurnalimizda e’lon qilgan kunimiz juda ko‘plab telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berdik. Har kuni bizning jurnalimizga qiziqarli va muhim yangiliklarni taqdim etayotgan Xalqaro press-klub xodimlariga ham alohida minnatdorchiligimni bildirib o‘taman” – deydi «Uz Kor Economy» jurnali rahbari-Rais Ryu Sok Ho.

Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatining birinchi yili haqida koreys tilida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob, aynan ushbu nashr - Koreya Respublikasida ommaviy axborot vositasi sohasidagi yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan “Uz Kor Economy Media Group” tomonidan chop etilgan.

Kelgusida Xalqaro press-klub boshqa xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

www.uza.uz