Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XALQARO TANLOV G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XALQARO TANLOV G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Joriy yilning 1-6-mart kunlari Kiprning Protaras shahrida matematika fani bo‘yicha “SEEMOUS” o‘ninchi xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda universitet rektori Sh.Sirojiddinov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi, zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi va o‘z iste’dodini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida amalga oshirilgan izchil islohotlar samarasida zamon talablariga to‘la mos keladigan milliy ta’lim tizimi yaratildi.

Mamlakatimizda fan-ta’lim izchil rivojlanmoqda. Zamonaviy bilim maskanlarida jahon standartlari asosida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimiz xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan nufuzli tanlovlar, fan olimpiadalari, musobaqa va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak intellektual salohiyati, keng tafakkuri va zehni bilan dunyo ahli havasini uyg‘otmoqda. Kiprda bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada O‘zbekiston yoshlari muvaffaqiyatli qatnashgani ham buning yorqin isbоtidir.

Kipr ta’lim va madaniyat vazirligi, matematika jamiyati hamda Janubi-Sharqiy Yevropa matematika jamiyati tomonidan tashkil etilgan mazkur intellektual bellashuvda yigirmadan ortiq mamlakatdan 43 universitet jamoasining 150 dan ziyod iqtidorli talabalari ishtirok etdi.

Tanlovda O‘zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakulteti 2-kurs talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibrohimov bittadan oltin medal, Mirmuhsin Mahmudov maxsus diplom bilan taqdirlandi.

– Matematika faniga bolaligimdan qiziqaman, – dedi Sh.Ibrohimov. – Xalqaro musobaqada Vatanimiz shon-shuhratini namoyish etganimiz ozod va obod O‘zbekistonda biz, yoshlar uchun yaratilgan cheksiz imkoniyatlardan bahramand bo‘lib voyaga yetayotganimiz ifodasidir. Davlatimiz rahbarining yosh avlod kamolotiga qaratayotgan yuksak e’tibori, ta’lim olishimiz uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlar ilm-fanga mehrimizni yanada oshirmoqda, jahonda mamlakatimizning sharafini mustahkam himoya qilishimizga asos bo‘lmoqda. Vatanimizning ilm-fan sohasidagi mavqeini yanada yuksaltirishga o‘z hissamni qo‘shish niyatidaman. O‘zbekistondek osmoni musaffo, farovon mamlakat farzandi ekanimdan faxrlanaman.

Tadbirda g‘olib va sovrindorlarga diplomlar topshirildi.

O’zA