Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XALQIMIZ BUNYODKORLIK SALOHIYATINING YORQIN NAMOYISHI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XALQIMIZ BUNYODKORLIK SALOHIYATINING YORQIN NAMOYISHI

Mamlakatimizning istiqlol yillaridagi izchil taraqqiyoti ulkan bunyodkorlik ishlariga zamin yaratdi. Yangi sanoat korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, san’at va sport saroylari, yo‘l va ko‘priklar, zamonaviy uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Mustaqillik inshootlari degan ibora paydo bo‘ldi. Ularning ko‘pligi va go‘zalligidan shaharu qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgarib bormoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Nukus, Urganch, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Andijon, Farg‘ona, Namangan va boshqa shaharlarimiz bosh reja asosida qayta qurilmoqda.

Mamlakatimiz rivojini yorqin aks ettirgan Toshkent shahrida ham ulkan qurilish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Poytaxtimiz o‘zining tarixiy xususiyatlarini saqlagan holda zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Yangi-yangi inshootlar, turar joylar, mehmonxonalar, yo‘l va ko‘priklar, so‘lim bog‘u xiyobonlar shahar ahli va mehmonlarga qulay sharoit yaratmoqda.

Davlatimiz rahbarining g‘oyasi asosida ishlab chiqilgan bosh rejaga muvofiq poytaxtimizning Eski shahar qismida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. 2013-yili Xadra maydonida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 2014-yili Olmazor va Shayxontohur tumanlarida yangi yo‘llar qurildi. 2015-yilning may oyida Sebzor va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishgan chorrahada yangi zamonaviy ko‘prik ochildi.

Nurafshon ko‘chasining qurilishi aholi uchun katta qulaylik yaratish bilan birga, Eski shaharni zamonaviy maskanga aylantirish borasidagi ishlarga keng yo‘l ochdi. Har tomoni 4 tasmali bu yo‘l transportlar harakatini yengillashtirdi. Ko‘cha bilan parallel ravishda kommunikatsiyalar va muhandislik infratuzilmasi qurildi.

Prezidentimizning 2014-yil 20-noyabrdagi Toshkent shahrining Eski shahar qismida zamonaviy turar joylar barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga asosan bu yerda ko‘p qavatli uylar bunyod etilmoqda. Joriy yilda 386 xonadondan iborat 20 zamonaviy uy-joy qurib bitkazildi.

Inson manfaatlarini ta’minlash, odamlarga barcha qulaylik yaratishga qaratilayotgan e’tibor har qadamda ko‘zga tashlanadi. Binolarni loyihalashtirishda iqlim sharoitlari, sanitariya va xavfsizlik talablari, xalqimizning milliy hayot tarziga oid barcha jihatlar hisobga olingan. Ularni qurish va bezatishda zamonaviy texnologiya va materiallardan foydalanilgan.

Binoning devorlari uy ichidagi issiqlikni saqlaydigan qilib qurilgan. Har bir xonadonda alohida issiqlik va suv isitish tizimlari o‘rnatilgan. Bu xona haroratini mustaqil boshqarish, energiya sarfini 2 barobargacha qisqartirish imkonini beradi.

Yo‘l bo‘yidagi uylar bir qatorga emas, balki ko‘chadan har xil uzoqlikda qurilgan va oraliq masofalari keng olingan. Bu mavzeda shamol aylanishini ta’minlaydi.

Turar joylar orasida maysazorlar barpo etilgan. Manzarali daraxtlar, rayhonlar ekilgan. Bolalar uchun o‘yin qurilmalari o‘rnatilgan. Favvora va gulzorlar tashkil etilgan.

– Mustaqilligimizning 25-yilligi biz uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi, – deydi ushbu uy sohibalaridan biri Nigora Hasanova. – Yaqinda uch xonali uyga ko‘chib o‘tdik. Bu yerda barcha shart-sharoit yaratilgan. Xonalar keng, yorug‘, bahavo. Hovlida oilaviy sayr qilamiz, bolalarimiz maza qilib o‘ynaydi.

Mamlakatimizda hayot sifati, aholi daromadlari oshib borayotgani natijasida avtomobillar soni tobora ko‘payib bormoqda. Shunga muvofiq yo‘l-kommunikatsiya tarmoqlari izchil rivojlantirilmoqda. Barcha hududlarda yangi yo‘llar qurilmoqda, mavjudlari kengaytirilmoqda. Poytaxtimizda shaharning kelgusi rivoji ham hisobga olingan holda keng va ravon yo‘llar, ko‘priklar bunyod etilmoqda.

Joriy yilda ham bu boradagi ishlar davom ettirildi. Nurafshon ko‘chasi Oqtepa maydonigacha 4 kilometr uzaytirildi va Muqimiy ko‘chasiga ulandi. Muqimiy, Usmon Nosir va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida zamonaviy ko‘prik barpo etildi. Ushbu chorrahadan boshlangan berk ko‘chaning ikkinchi tomoni Bobur ko‘chasiga ulandi. Shu tariqa poytaxtimizda yana bir aylanma yo‘l barpo etildi.

Muqimiy, Usmon Nosir va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida ilgari soatiga me’yordagi 6 ming o‘rniga 11 ming 500 avtomobil, ya’ni qariyb ikki barobar ko‘p transport harakatlanar edi. Oqibatda tirbandlik yuzaga kelib, haydovchi va yo‘lovchilarning ortiqcha vaqt yo‘qotishiga, yoqilg‘i sarfi oshib, atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo‘lardi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu yerda eni 19 metr, uzunligi qariyb 1 kilometr bo‘lgan zamonaviy ko‘prik bunyod etildi. Muqimiy ko‘chasining har bir yo‘nalishi besh tasmali qilib kengaytirildi.

Yangi ko‘prikning qurilishi nafaqat ushbu chorrahadagi tirbandlikni bartaraf etadi, balki Bunyodkor, Chilonzor, Cho‘ponota, Qushbegi, Bobur ko‘chalaridagi qatnovga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Ushbu inshoot “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko‘prikqurilish” tresti tomonidan bunyod etilgan. Xorijning eng zamonaviy texnologiyalari va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallaridan foydalanilgan.

Ko‘prikning yonida piyodalar uchun qariyb 90 metrlik bitta, Oqtepa maydonida 48 va 60 metrlik ikkita yer usti o‘tish yo‘lagi barpo etilgan. Ularning usti yopilgan, atrofi bejirim panjara va oynalar bilan o‘ralgan. Bu odamlarni qishda yog‘indan, yozda issiqdan himoyalaydi, atrofdagi manzaradan bahra olishga imkon beradi.

Bunday bunyodkorlik ishlari boshqa hududlarda ham amalga oshirilmoqda. Yo‘llar kengaytirilib, ko‘priklar qurilmoqda. Transport vositalarining harakatlanishi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida Taraqqiyot ko‘chasi ham uzaytirildi. Uning Pahlavon Mahmud va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari bilan tutashgan joyidan Ohangaron ko‘chasigacha Toshkent mexanika zavodi hududi orqali 3 kilometr yangi yo‘l qurildi. Taraqqiyot ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li chorrahasidagi ko‘prik rekonstruksiya qilindi.

Shu kabi qurilish va obodonlashtirish ishlari natijasida poytaxtimiz yanada ko‘rkamlashib, yashash uchun qulayliklar ortib borayotir. O‘zbekiston “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” reytingida jahon bo‘yicha 44-o‘rinni, poytaxtimiz Toshkent Buyuk Britaniyaning “Economist” jurnali bo‘linmasi – Economist Intelligence Unit (EIU) kompaniyasi e’lon qilgan reytingda dunyoning yashash qulay bo‘lgan shaharlari orasida 58-o‘rinni egallagani ham buning tasdig‘idir.

Xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining, mamlakatimiz taraqqiyotining yorqin namoyishi bo‘lgan bunday zamonaviy inshootlar, obodonlashtirish ishlari aholi farovonligi va hayot darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

O’zA