XALQIMIZ SALOMATLIGINI YANADA MUSTAHKAMLASHDAGI MUHIM OMIL
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko’ra, sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilish ikki yuzdan ziyod turdagi kasalliklarni keltirib chiqarar, ushbu xastaliklar oqibatida dunyoda har yili ikki millionga yaqin inson halok bo’lar ekan.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda ekologik sof meva-sabzavotlar yetishtirilmoqda. Ijtimoiy infratuzilma rivojlantirilib, aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda. Bunday farovonlik va xavfsizlik xalqimiz salomatligini yanada mustahkamlashda muhim omil bo’lmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar samarasida so’nggi o’n yilda vazni tibbiyotda ko’zda tutilgan me’yordan kam bo’lgan bolalar ikki barobardan ziyod kamaygan, ularning bo’yi o’rtacha 3 santimetrga o’sgan. Xotin-qizlarda kamqonlik darajasi 2,5 marta pasaygan. Aholining o’rtacha umr ko’rish ko’rsatkichi oshib borayotir.
O’zbekistonda bu borada erishilayotgan muhim natijalar xalqaro miqyosda tan olinayotir. 2015 yilda mamlakatimiz BMTning oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkilotiga a’zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo’lgan 14 davlatdan biri sifatida e’tirof etilgani buning tasdig’idir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi aholisining sog’lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarori asosida bu yo’nalishdagi ishlar yanada kengaymoqda.
- Mamlakatimizda oziq-ovqat sifatini nazorat qilish “daladan dasturxonga” prinsipi bo’yicha, tizimli asosda olib boriladi, - deydi Sog’liqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi ovqatlanish gigiyenasi bo’limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Qamariddin Boqiyev. - Qishloq xo’jaligida geni o’zgartirilmagan, ekologik sof, to’yimli va shifobaxsh noz-ne’matlar yetishtirilmoqda. Zamonaviy andozalar darajasida barpo etilgan oziq-ovqat korxonalarida mahsulotni qayta ishlash bosqichida sifatni boshqarish bo’yicha yangicha tizimlarni joriy etish va mahsulot sifatini nazorat qilishga asosiy e’tibor qaratilayotir.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi faoliyatining ustuvor yo’nalishidir. Markaz mutaxassislari tomonidan bu yo’nalishda qo’llaniladigan sanitariya-gigiyena me’yorlari va qoidalari hamda yo’riqnomalar ishlab chiqilib, amalga tatbiq etilmoqda. Markaz tizimida faoliyat yuritayotgan 32 laboratoriya xalqaro standartlar talablari asosida akkreditatsiyadan o’tkazilib, ularga mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, chetdan olib kirilayotgan va xorijga eksport qilinayotgan mahsulotlarga gigiyenik xulosa berish huquqi berilgan.
Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini nazorat va monitoring qilish bo’yicha yaxlit tizim yaratilgan. Masalan, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalardan har oyda bir marotaba, birinchi navli boyitilgan bug’doy uni va yodlangan osh tuzi ishlab chiqaradigan korxonalardan har chorakda bir marta namunalar olinib, laboratoriyada xavfsizlik ko’rsatkichlari bo’yicha tekshiriladi.
Laboratoriya tahlillari jarayonida amaldagi sanitariya qoida va me’yorlari talabiga zid holatlar aniqlansa, buning sabablari o’rganilib profilaktika tadbirlari o’tkaziladi. Oziq-ovqat mahsulotlaridan qayta namunalar olinib tekshiriladi.
Jahon AA