Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Xalqimizning qatʼiy intilishi, goʻzal fazilati va ulkan jurʼati ramzi

2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
Xalqimizning qatʼiy intilishi, goʻzal fazilati va ulkan jurʼati ramzi

Yangi yirik sanoat inshootlari, tub iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar Oʻzbekistonning dovrugʻini oshirmoqda. Yurtimizga xorijiy sarmoyadorlar manfaatli va ishonchli beznes makoni, chet ellik turistlar bokira goʻzallik timsoli va tarixning betakror guvohi sifatida qarayapti.

Ekspertlar esa bularning barchasi qatorida Oʻzbekiston bunyodkorlik oʻlkasiga aylanganini ham taʼkidlaydi.

Darhaqiqat, yurtimizning qaysi goʻshasiga bormang, qurilish materiallari tashib ketayotgan ulkan yuk mashinalariga, tinimsiz ishlayotgan kranlarga koʻzingiz tushadi. Oʻzbekistonda bir kelgan kishi ikkinchi safar uning tanib boʻlmas darajada oʻzgarib ketganini eʼtirof etayotgani ham haqiqat. Oʻzimizdan qiyos - qaysi shaharda yashashimizdan qatʼi nazar, uning biror koʻchasiga uzoq vaqt bormasak, nogoh yoʻlimiz tushganida adashib qolishimiz rost. Yangi qad rostlagan binolar eski tasavvurdagi moʻljalni buzib yuboradi.

Bir soʻz bilan aytganda, umumeʼtirof etilayotgan iqtisodiy yutuqlar, mutlaqo yangi asosdagi samarali tashqi siyosat barobarida bunyodkorlik ham Oʻzbekiston haqida tilga olinayotgan gaplar, bildirilayotgan fikr-mulohazalarning bosh mavzusiga aylangan.

Buning negizida xalqimizga xos yangilanishga intilish hissi, atrofdagi manzarani goʻzallik bilan boyitish fazilati, ayni paytda katta ishlarga qoʻl ura olish jurʼati mujassamdir.

Toshkent markazida eng zamonaviy standartlarga toʻla mos keladigan muz sporti saroyi barpo etilgani bu fikrning inkor etib boʻlmas porloq dalilidir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 3 fevral kuni “Humo Arena” majmuasiga ramziy tosh qoʻyish marosimida qatnashib, bu kabi zamonaviy sport inshootlari barkamol avlod tarbiyasida alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Oʻtgan davr mobaynida davlatimiz rahbari ushbu beqiyos bunyodkorlik jarayoni bilan bir necha bor tanishib, mutasaddi rahbarlarga qurilishni yuqori sifat bilan amalga oshirish boʻyicha zarur koʻrsatmalar berdi.

Mana, meʼmordan bogʻbongacha, konstruktordan haydovchigacha, muhandismi yo kranchimi, xullas, bu ulkan ishda qatnashgan barcha-barchaning shiddatli mehnati, xalqimizning buyuk jurʼati natijasida bugun bosh shahrimiz boʻlgan Toshkentimiz, butun Oʻzbekistonimiz mana shunday javohirga ega boʻldi.

Chilonzor tumanining Afrosiyob va Beshyogʻoch koʻchalari kesishuvida bunyod etilgan ushbu majmua dizaynida zamonaviy qurilish yechimlari va ilgʻor texnologiyalar milliy madaniyat elementlari bilan uygʻunlashib ketgan. Majmua koʻkda parvoz etayotgan baxt va hurlik ramzi – Humo qushi shaklida barpo etildi.

15 mart kuni ushbu zamonaviy sport koshonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, barchani ushbu qutlugʻ voqea bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarda sogʻlom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilayotganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston davlat madhiyasi yangrab, mamlakatimiz bayrogʻi baland koʻtarildi.

Majmuaning tantanali ochilish marosimi sport muxlislarining yodida uzoq vaqt saqlanib qoladigan boʻldi. Marosimida bosh gʻoya sanʼat va sportni birgalikda uygʻunlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi

Ochilish marosimi sportchi va sanʼatkorlar hamkorligida tayyorlangan shou dastur bilan davom etdi. Muz maydoni sathida 3D mepping texnologiyasi asosida Humo qushi, bu yerda oʻtkaziladigan sport turlari tasviri namoyish etildi. Sportchi yoshlar hamda bolalar koʻrgazmali chiqishlar qildi. Oʻzbekistonning yosh sportchilari va mashhur xokkeychilar oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

“Humo Arena” zamonaviy muz saroyining foydalanishga topshirilishi Oʻzbekiston sporti tarixida yangi bosqichni boshlab beradi.

Qayd etish kerakki, koʻp tarmoqli “Xumo Arena” muz saroyi dunyoga mashhur oʻndan ortiq xorijiy firma va kompaniya bilan hamkorlikda qurildi.

Majmuaning konseptual loyihasi Janubiy Koreyaning “Heerim Architects & Planners” kompaniyasi, tom qismining loyihasi Avstriyaning “Oberhofer Stahlbau” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Umuman, inshootni qurish va jihozlashda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Fransiya, Finlyandiya, Rossiya kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan texnika va texnologiyalardan foydalanilgan.

Inshoot ikki qismdan iborat boʻlib, unda asosiy va mashq muz arenalari joy olgan. Umumiy maydoni 82 ming 250 kvadrat metrdan iborat 6 qavatli inshootning eng baland nuqtasi 40 metrni tashkil etadi.

Mobil oʻrindiqlar bilan jihozlangan saroyda xokkey oʻyinlarini 12 ming 500, boshqa sport musobaqalarini 14 ming, turli konsert va dam olish dasturlarini 10 ming tomoshabin kuzatadi. Dam olish maskani va ijtimoiy markaz sifatida barpo etilgan muz saroyida turli tadbirlarni oʻtkazish mumkin. Xususan, arenada xalqaro xokkey oʻyinlari, kyorling, figurali uchish, short-trek boʻyicha musobaqalar, basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo, qilichbozlik bahslarini oʻtkazish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, majmuada umumxalq bayramlari, konsertlar, koʻrgazma va forumlar tashkil etish uchun barcha sharoit muhayyo.

Majmuada muhandislik tarmoqlari, yongʻinni oʻchirish, sovutish tizimlari, yoritish, ventilyatsiya, isitish qurilmalari toʻliq avtomatlashtirilgan boʻlib, tejamkor texnologiyalar asosida ishlaydi.

Saroy yonida 1 ming 500 avtomobilga moʻljallangan avtoturargoh qurilgan.

MDH mamlakatlarining birortasida koʻp tarmoqli “Humo Arena” muz saroyining muqobili yoʻq, u jahon yulduzlari reyderi talablariga deyarli toʻliq javob beradi.

Qisqacha aytganda, ushbu inshoot Oʻzbekiston xalqi farovonligi, taraqqiyot va rivojlanish yoʻlida yangi sahifa ochilgani ramzidir.

Marosimda Xalqaro xokkey federatsiyasi prezidenti Rene Fazel, dunyoga mashhur sportchi va sanʼatkorlar ishtirok etdi.

www.president.uz