«XAMSA» HAYRATLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ilmiy anjumanlar, “Navoiyxonlik” kechalari bo’lib o’tmoqda.
Ularda bobokalonimizning ulkan ma’naviy merosi, faoliyati xususida adabiyotshunos olimlar, professor-o’qituvchilarning chiqishlari yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarda katta qiziqish uyg’otayotir. Zero, Alisher Navoiy asarlari ibrat ko’zgusi bo’lib, uni o’qish va o’rganish, targ’ib etish har tomonlama foydalidir.
Shu ma’noda, Navoiy tavalludi arafasida O’zbekiston Respublikasi xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “Xamsa” hayratlari”, deb nomlangan yangi kitobi nashr etilishi she’riyat muxlislari uchun munosib tuhfa bo’ldi.
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan chop qilingan mazkur kitob Alisher Navoiy ijodini o’rganish, bugungi zamon o’quvchisini yaqindan tanishtirish yo’lidagi o’ziga xos izlanish natijasidir.