XATAMJON KETMONOVNING JIZZAX VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 11-noyabr kuni Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan uchrashuvni xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Q.Ergashev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili N.Siddiqov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ulkan bunyodkorlik ishlari samarasida viloyat tuman va shaharlari zamonaviy qiyofa kasb etib, aholi turmush farovonligi izchil yuksalib bormoqda. Zamonaviy turar joy binolari, ishlab chiqarish obyektlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, muhtasham sport va madaniyat koshonalari, keng va ravon yo‘llar barpo etilmoqda. 2013-yilda tashkil etilgan "Jizzax" maxsus iqtisodiy zonasi nafaqat viloyat, balki butun mamlakatimiz taraqqiyotida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Saylovoldi dasturi partiyaning g‘oya va dasturiy maqsadlariga, xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining parlamentdagi ko‘pchilik – Demokratik kuchlar blokiga nisbatan o‘zini muxolifat deb e’lon qilgani, bu muxolif fraksiya sifatida ilgari surgan qator g‘oyalarga asoslangan.
Byudjet mablag‘lari, ayniqsa, ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladigan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan qat’iy nazoratni kuchaytirish, davlatning o‘sib borayotgan iqtisodiy imkoniyatlaridan aholining, eng avvalo, kam ta’minlangan qatlami turmush darajasini yaxshilashda foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni keng joriy etish asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish, eksport imkoniyatlarini kengaytiruvchi va aholining xarid qobiliyatini oshirishga xizmat qiluvchi raqobat muhitini shakllantirishga ustuvor ahamiyat berilgan.
Uchrashuvda Jizzax uy-joy va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kolleji direktori B.Ibodov, Jizzax shahar 2-oilaviy poliklinikasi bosh shifokori Q.Haydarova, mehnat faxriysi P.Shukurov, Jizzax shahridagi 14-umumta’lim maktabi direktori H.Ne’matova nomzodning dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
O’zA