Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XATAMJON KETMONOVNING NAVOIY VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XATAMJON KETMONOVNING NAVOIY VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 15-noyabr kuni Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan uchrashuvni Karmana sanoat kasb-hunar kolleji direktori J.Savriyev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili A.Ahmedov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Nomzod o‘z ma’ruzasida mustaqillik yillarida Navoiy viloyatida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida to‘xtalar ekan, Karmana shahri, Rabоti Malik, Nurota kabi qadimiy maskanlari, Toshmasjid, Chilustun, Ko‘kgumbaz obidalari, Qosim shayx, Orif Dehgaroniy singari muqaddas qadamjolari bo‘lgan bu zamin qadimiy madaniyat beshiklaridan biri sifatida mashhur ekanini ta’kidladi.

Viloyatning yer osti, yer usti tabiiy boyliklarini o‘zlashtirishda va mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida hududdagi zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslangan yirik sanoat korxonalari muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Dasturda milliy manfaatlarga sodiqlik, mamlakatimiz mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlash, fuqarolararo va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlash orqali O‘zbekistonning bosh strategik maqsadi – rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashga qaratilgan ezgu maqsadlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Korxonalar va ishlab chiqarish majmualari rivojlanishi uchun bo‘sh mehnat resurslarini jalb qilish, mahalliy xomashyo va materiallarni qayta ishlash korxonalarining ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega iste’mol tovarlari ishlab chiqarishini moliyaviy va iqtisodiy rag‘batlantirish, imtiyozli kreditlash samaradorligini oshirish, mahalliy mahsulot hisobiga ichki bozorni to‘ldirish, narx-navo oshishining oldini olishga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mas’uliyatini kuchaytirish vazifalari ilgari surilgan.

Uchrashuvda Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi Navoiy viloyati bo‘limi rahbari G.Ro‘ziyeva, "Novoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi markaziy kon boshqarmasi xodimi B.Qosimov, Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Jabborova nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tayotgani mamlakatimizda demokratik islohotlar hayotga izchil tatbiq etilayotganining amaldagi ifodasi ekanini ta’kidladi. Saylovchilarni Vatanimiz kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA