XATAMJON KETMONOVNING QASHQADARYO VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 25-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qarshi shahar kengashi raisi R.Murtazoyev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili O.Ravshanov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Qashqadaryo viloyati yuksak iqtisodiy salohiyati, rivojlangan sanoati va qishloq xo‘jaligi bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimizda qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 70 foizi, neftning qariyb 78 foizi, gaz kondensatining 80 foizi, g‘allaning 13 foizdan ortig‘i, paxtaning 14 foizdan ziyodi ushbu viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi. Yurtimizda sanoat mahsulotlarining 9,5 foizi aynan shu viloyatda ishlab chiqarilmoqda.
“Sho‘rtanneftgaz”, “Muborakneftgaz” korxonalari, “Sho‘rtan gaz-kimyo" majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi, “Hisor-neftgaz” kabi yirik ishlab chiqarish quvvatlari mamlakatimiz iqtisodiy rivojida alohida ahamiyatga ega.
Nomzodning saylovoldi dasturi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy amal qilish, milliy manfaatlarga sodiqlik, mamlakat mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlash, fuqarolararo va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlash orqali O‘zbekistonning bosh strategik maqsadi – rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashga qaratilgani ta’kidlandi.
Kam ta’minlangan oilalarga har oyda to‘lanadigan moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarni oshirish, o‘z biznesini tashkil etishi uchun maqsadli foydalanish sharti bilan, tegishli davrda to‘lanadigan mablag‘lar summasini bir martalik to‘lov shakliga o‘tkazish mexanizmini joriy etish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlar va xizmatlar narxini shakllantirish ustidan davlat va jamoatchilik nazorati samaradorligini yanada oshirish orqali narxlar va tariflarning o‘sishi inflatsiya darajasidan yuqori bo‘lmasligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Uchrashuvda Qarshi shahridagi 3-oilaviy poliklinika bosh shifokori M.Bozorova, Qarshi sanoat kasb-hunar kolleji direktori B.Ashurov, Qarshi shahridagi 29-umumta’lim maktabi direktori J.To‘raqulova, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi xotin-qizlar ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish sektori mudirasi Sh.Xudoyqulova va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi. Saylovchilarni Vatanimiz kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
O’zA