XESUS HIL: “O’ZBEKISTON MARKAZIY OSIYODAGI BARQAROR RIVOJLANIB BORAYOTGAN DAVLAT”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mustaqilligimizning 24 yilligi munosabati bilan Madrid Avtonom universiteti professori, Ispaniya Sharqshunoslar uyushmasi bosh kotibi Xesus Hil Fuensenta “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida yurtimizning zamonaviy taraqqiyoti borasida o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.
— O’tgan davr mobaynida O’zbekiston Markaziy Osiyodagi barqaror rivojlanib borayotgan davlatga aylandi, – deya ta’kidlab o’tdi Ispan eksperti. Turli sohalarda erishilayotgan yutuqlar Prezident Islom Karimov olib borayotgan samarali islohotlar natijasidir.
— Hozirgi global iqtisodiy inqiroz davrida ko’plab mamalakatlar uning salbiy oqibatlari bilan kurashayotgan bir paytda O’zbek modelining ishonchliligi va hayotiyligi o’z tasdig’ini topdi. Shu sharoitda O’zbekiston takrorlanmas yutuqlarga erishdi va bu so’nggi yillardagi YaIMning sezilarli darajadagi o’sishida ko’rishimiz mumkin.
Yurtingiz eksport hajmini yildan yilga oshib borishi milliy sanoat sohasining rivojlanganligini ko’rsatadi. Bank tizimiga “Standart & Poors”, “Moody’s” va “Fitch” singari xalqaro nufuzli reyting agentliklari “barqaror” ko’rsatkichini berdilar.
Milliy iqtisodiyotning keng ko’lamda diversifikatsiya qilish erishilayotgan yutuqlarning asosi deb hisoblayman. O’tgan davr mobaynida O’zbekiston mintaqada avtomobilsozlik singari rivojlangan sanoat sohasini yarata oldi. Mavjud aeroportlar, transport infratuzilmasi O’zbekistonning xalqaro maydondagi obro’sini mustahkamlaydi.
Bugun O’zbekiston qishloq xo’jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchi farovon davlat hisoblanadi. Bu esa global miqyosda o’sib borayotgan oziq-ovqat ta’minoti muammosi davrida muhim ahamiyat kasb etadi.
“Jahon” AA