Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XITOY EKSPERTLARI: “O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASIDA ISLOHOTLAR RUHI MUJASSAM”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XITOY EKSPERTLARI: “O'ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASIDA ISLOHOTLAR RUHI MUJASSAM”

Mamlakatimizda hayotga tadbiq etilayotgan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi Xitoy ekspertlar hamjamiyatida ham katta qiziqish uyg’otdi. Yaqinda Pekinda bo’lib o’tgan davra suhbati ushbu dasturiy hujjatning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag’ishlandi.

Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi, XXR Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro muammolar akademiyasi, Xitoy Fanlar akademiyasi, XXR Davlat kengashi huzuridagi Rivojlanish tadqiqotlari markazi rahbarlari va ekspertlari hamda mamlakatning boshqa ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari ushbu tadbir ishtirokchilari bo’ldilar.

Davra suhbatini ochar ekan, Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi prezidenti Szi Chji’ye O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi innovatsiya hujjati hisoblangani holda Xitoy uchun ham qiziqish uyg’otishini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, ushbu hujjatning asosiy jihatlari yuzasidan o’zaro fikr almashish Xitoy - O’zbekiston munosabatlarini yanada rivojlantirishga ham ko’maklashadi.

Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasining Markaziy Osiyo bo’limi mudiri Din Syaosin o’z ma’ruzasida mazkur Strategiyada “boshdan oxirigacha islohotlar ruhi mujassamlashgan bo’lib, u o’zida davlat va jamiyatdagi chuqur o’zgarishlarning zaminini ifoda etgan”ini aytdi.

Ma’ruzachi ushbu hujjatda davlat boshqaruvi tizimini yangilash bo’yicha taklif etilgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratar ekan, quyidagilarni bayon qildi:

“Mazkur keng qamrovli dasturning amalga oshirilishi natijasida respublikaning siyosiy tizimi yanada puxta, muvozanatlashgan, maqbul va barqaror bo’ladi. Davlat idoralarining yanada samarali faoliyat ko’rsatishi ta’minlanadi, korrupsiya va byurokratiya kamayadi. Bu, o’z navbatida, davlat boshqaruvida fuqarolar ishtirokining kengayishiga, alal oqibatda, jamiyatning yashovchanligini kuchaytirishga ko’maklashadi”.

Xitoy tashqi ishlar vazirligining alohida topshiriqlar bo’yicha elchisi Gao Yuyshen mazkur Strategiyaning qabul qilinishi O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi, deb hisoblaydi.

— Shunisi alohida e’tiborga sazovorki, ushbu hujjat xalq bilan muloqot asnosida ishlab chiqildi, - deya bayonot berdi diplomat. - Strategiya loyihasi ustida ish olib borilishida fuqarolar, jumladan, virtual qabulxonaga murojaat asnosida hamda loyihaning jamoatchilik muhokamasi bosqichida faol ishtirok etdilar.

Gao Yuyshen rivojlanish dasturida majmuaviy, chuqur o’ylangan va aniq-ravshan strategiya o’z ifodasini topganini alohida ta’kidladi.

O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi ijtimoiy jihatlarga e’tibor qaratar ekan, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo institutining Markaziy Osiyo bo’limi mudiri U Xunvey respublikamizda bugungi kunlarga qadar ijtimoiy sohada salmoqli natijalar qo’lga kiritilganini qayd etdi.

— O’zbekiston bu bilan cheklanib qolmasdan aholini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash bo’yicha yangi chora-tadbirlarni ko’rmoqda, - dedi u. - Bu Harakatlar strategiyasida o’zining yaqqol ifodasini topgan. Ana shunday chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etilishi mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni qo’llab-quvvatlashga hamda milliy iqtisodiyotning izchil rivojlanishiga ko’maklashadi. Ijtimoiy yo’nalishda O’zbekiston to’plagan katta tajriba boshqa davlatlar uchun foydadan xoli bo’lmaydi. Xitoy o’z rivojlanishida katta muvaffaqiyatlarga erishgan bo’lsa-da, hali ko’p ishlarni amalga oshirish talab etiladi. Shu boisdan ham o’zbek tajribasi o’rganishga va uni Xitoy amaliyotida qo’llash uchun o’zlashtirishga loyiqdir, deb o’ylayman.

XXR Davlat kengashi huzuridagi Rivojlanish tadqiqotlari markazining yetakchi ilmiy xodimi Syuy Tao O’zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida o’z ifodasini topgan tashqi siyosiy jihatlar haqidagi fikrlarini o’rtoqlashdi.

— Tinchliksevar va ochiq tashqi siyosiy yo’lni tutgan mamlakatingiz xalqaro munosabatlarning mas’uliyatli va faol sub’yekti sifatida xalqaro maydonda o’zining munosib o’rnini egalladi, - dedi ekspert. - Prezident Shavkat Mirziyoyevning qo’shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari yuqori bahoga sazovordir.

“Jahon” AA, Pekin