Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XITOY KINOSI KUNLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XITOY KINOSI KUNLARI

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo‘lib o‘tayotgan Xitoy kinosi kunlari “Haqiqiy sevgi” badiiy filmi namoyishi va uning ijodkorlari ishtirokidagi ijodiy uchrashuv bilan boshlandi.

O‘zbekiston va Xitoy xalqlarini Buyuk ipak yo‘li davridayoq vujudga kelgan ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng ushbu munosabatlar mazmunan boyidi va muntazam ravishda mustahkamlanib bormoqda.

«O‘zbekkino» milliy agentligi va Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan Xitoy kinosi kunlari buning yana bir yorqin ifodasidir.

Xitoy kinosi kunlarida mamlakatimiz tomoshabinlari e’tiboriga Xitoy kinematografiya san’atining o‘ziga xos jihatlarini mujassamlashtirgan oltita film havola qilinadi. Ushbu filmlarda chuqur Sharq falsafasi aks etadi, ular orqali o‘zbekistonlik kino san’ati muxlislari xitoy xalqining turmush tarzi va mentaliteti bilan tanishadi.

Hayotiy voqealar asosida suratga olingan «Haqiqiy sevgi» filmi ushbu kinoasarlardan biridir. Unda har qanday qiyinchilik va sinovlarga bardosh bera oladigan cheksiz ona mehr-muhabbati o‘zining yorqin ifodasini topgan.

Namoyishlar doirasida mazkur filmning ijodiy jamoasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ijodkorlar filmning yaratilish tarixi xususida so‘zlab berdi va O‘zbekiston haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zA