Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XITOY MADANIYATI VA SAN’ATI KUNLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XITOY MADANIYATI VA SAN'ATI KUNLARI

O‘zbekiston davlat san’at muzeyida mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatganining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan «Xitoy madaniyati va san’ati kunlari» festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur festival O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkentdagi Konfutsiy instituti hamkorligida tashkil etildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori A.Mannonov va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar bunga huquqiy asos bo‘layotganini alohida ta’kidladi.

Festivalda «Xitoy madaniy merosi», «Tabiat manzaralari» hamda «Yangi yil bayrami» mavzulari asosida hunarmandchilik namunalari, grafika va rangtasvir asarlari, fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tomoshabinlar Xitoy xalqining an’analari, urf-odatlari va boy madaniy merosi sanalgan me’moriy, tarixiy yodgorliklar bilan tanishdi.

– Mamlakatlarimiz o‘rtasida boshqa sohalar qatori madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ko‘plab madaniy kechalar, festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylangan, – dedi Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze. – Bunday tadbirlar xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch, mehr-oqibat singari samimiy rishtalarni yanada mustahkamlamoqda. O‘ylaymanki, bu festival ham ayni shu maqsadga xizmat qiladi.

Tadbirda har ikki mamlakatning milliy urf-odatlarini ifodalovchi, do‘stlik rishtalarini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Festival doirasida Xitoy xattotlik san’ati va qog‘oz bo‘laklarini qirqish orqali turli-tuman bayram ashyolarini yasash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etiladi, "Xitoy bo‘ylab sayohat: bayramlar" nomli hujjatli film namoyish qilinadi.

O’zA