Xitoyning baliqchilik sohasidagi boy tajribasi bilan tanishuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ma’lumki, so‘nggi yillar davomida mamlakatimizda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan, sifatli baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha qator dasturiy chora-tadbirlar qabul qilindi. Ko‘rilayotgan muhim sa’y-harakatlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining tarkibida baliqchilikning ulushi izchillik bilan ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va suv omborlaridagi mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, qafas usulida baliq yetishtirishni keng joriy etish, baliq yetishtiruvchi va baliq ovlovchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, bu boradagi xalqaro tajribani o‘rganish va baliqchilik sohasida ishlash uchun chet el mutaxassislarini jalb etishhamda jabha ravnaqini ta’minlashga xizmat qiladigan boshqa muhim masalalar o‘z ifodasini topgan.
Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasining mutaxassislari Xitoyning baliqchilik sohasidagi boy tajribasini o‘rganish maqsadida Guandun provinsiyasi ma’muriy markazi - Guanchjou shahrida bo‘lishdi. Mamlakatimiz vakillari shahardagi Szinyan Agrosanoat kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishganlari barobarida baliqlarning yo‘qolib ketayotgan turlarini qayta tiklash, baliqlarni samarali boqish bo‘yicha mazkur kompaniyaning tajribalarini yaqindan o‘rganishdi.
— Bizning Xitoyga ushbu safarimizdan ko‘zlangan maqsad Guanchjouning Szinyan Agrosanoat kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikda mamlakatimizda yo‘qolib ketgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan baliq turlarini O‘zbekiston hududiga olib kirish, inkubatsiya sexlarini tashkil etish, respublikamizda baliq ozuqalarini ishlab chiqarish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida yopiq usulda, sun’iy qafas o‘rnatish vositasida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvlarga erishish bilan izohlanadi, - dedi unitar korxona mutaxassisi O.Anorboyev “Dunyo” axborot agentligi muxbiri bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida. – Biz korxonamiz negizida 2019 yilning 1 martiga qadar yiliga 10 million dona baliq chavoqlari ishlab chiqaradigan naslchilik-seleksiya qo‘shma korxonasi tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bu borada Xitoyda to‘plangan boy tajriba ham bizga qo‘l keladi, deb o‘ylayman.
Mamlakatimiz vakillarining ma’lum qilishlaricha, Xitoy tomoni bilan erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, joriy yil noyabr oyining o‘rtalarida Xitoy baliqchilik sohasi delegatsiyasi O‘zbekistonga borishi, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi sharoitida baliq yetishtirish, mahalliy ish sharoitlari bilan tanishganlaridan so‘ng ular bilan tegishli ikki tomonlama shartnomani imzolash rejalashtirilgan. O‘zaro hamkorlikning birinchi bosqichida 500 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritish nazarda tutilgan.
“Dunyo” AA