XKP MARKAZIY QO‘MITASI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning 7-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Delegatsiyaga Tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sun Tao boshchilik qildi.
Muloqot davomida davlatlararo aloqalarning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ikki tomonlama shakldagi va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasidagi bo‘lajak oliy darajadagi O‘zbekiston-Xitoy uchrashuvlari ikki davlat munosabatlarida alohida o‘rin egallashi ta’kidlandi.
Muzokaralarda Xitoy Elchisi Sun Lijie ishtirok etdi.