Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XOLISLIK VA HAQQONIYLIK – ASOSIY MEZON

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XOLISLIK VA HAQQONIYLIK – ASOSIY MEZON

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan “Hayot haqiqatini aks ettirishda jurnalist pozitsiyasi: yutuq, tajriba va istiqboldagi vazifalar” mavzusida respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi I.Halimbekov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi raisi A.Saidov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I.Abdullayev, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori M.Hazratqulov, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti loyiha rahbari S.Doniyorov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ommaviy axborot vositalarining demokratik islohotlar jarayonidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish, erkin va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun tashkiliy-huquqiy, moddiy-texnik sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi milliy jurnalistikaning jamiyat hayotidagi ta’sirini yanada oshirish imkonini bermoqda. Konsepsiya doirasida 2014-yil 5-mayda qabul qilingan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun fuqarolarning axborot erkinligiga oid huquq va manfaatlarini ta’minlash, davlat va jamoatchilik o‘rtasida ochiq va samarali muloqot o‘rnatishda OAVning roli va ta’sirini yanada kuchaytirish imkonini bermoqda.

Matbuotning ta’sirchanligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi dolzarb masalalarga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish, jurnalistlarning kasb mahorati va mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoshida tashkil etilgan monitoring guruhi samarali faoliyat olib bormoqda. Mazkur guruh soha uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan ommaviy axborot vositalarining qay tarzda foylanayotgani, matbuot va teleradiodasturlarda e’lon qilinayotgan tanqidiy-tahliliy materiallar natijasi kundalik hayotimizda qanday samara berayotgani va boshqa dolzarb masalalarni muttasil o‘rganib bormoqda.

Ayni paytda mazkur monitoring jurnalistlarni o‘z faoliyatiga tanqidiy yondashishga, ko‘proq izlanishga, bilim va mahoratini charxlashga undayotir. Shu vaqtga qadar guruh tomonidan 5500 dan ortiq material o‘rganilib, ular yuzasidan qator tahliliy maqolalar elon qilindi. Bu jamiyatimizda fikrlar xilma-xilligini ta’minlash, jurnalistlarning ixtisoslashuviga, yosh ijodkorlarning bilim va malakasini oshirib borishga, faol jurnalistik pozitsiyasi shakllanishiga ko‘maklashishda muhim omil bo‘lmoqda.

Tadbirda OAV faoliyatini takomillashtirishda hokimliklar, vazirlik va idoralar bilan ijtimoiy hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

O‘zA