Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XORAZMDA YANGI TEMIR YO‘L VA VOKZAL OCHILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XORAZMDA YANGI TEMIR YO‘L VA VOKZAL OCHILDI

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 noyabr kuni Urganch - Xiva poyezdida Xiva shahriga keldi.

Davlatimiz rahbari 2017 yil yanvar oyida Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida Xiva shahriga temir yo‘l olib kelish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Shu asosda Urganchdan Xivagacha 30 kilometr «po‘lat iz» yotqizilib, Xiva shahrida vokzal barpo etildi. Shuningdek, zarur infratuzilma inshootlari, qo‘riqlash punktlari, yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklar qurildi.

Prezidentimiz Xiva vokzalida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Vokzal binosi yo‘lovchilarga qulaylik va xavfsizlik talablari asosida qurilgan. Devor va ustunlar Xorazmning qadimiy me’morchilik an’analariga xos bezatilgan. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 200 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilishi mumkin. Zamonaviy VIP zallar, ona va bola, tibbiyot xonalari tashkil etilgan. Turistlar uchun axborot beruvchi belgilar, planshetlar qo‘yilgan. Vokzaldagi 20 o‘rinli mehmonxona yurtdoshlarimiz va turistlarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq vokzal qadimiy Xiva qal’asi yaqinida qurilgani katta ahamiyatga ega. Bu shaharga sayyohlarni ko‘proq jalb etish, hududning turizm salohiyatidan samarali foydalanish uchun keng imkoniyat yaratadi.

Urganch - Xiva temir yo‘l yo‘nalishi va Xiva vokzali rasman ochildi. Kelgusida Xivagacha “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

WWW.PRESIDENT.UZ